tush kitobi B

tush kitobi TUSH TABIRI

tush kitobi B

Bayram — ikki sevishgan baxtga etishishi, uzoq umr ko’rish, rizq-nasibaga ishora. To’y- tomosha, xursandchilikni bildiradi.

Bayroq — bokira, oqila qizga ishora. Shu- ningdek, g’alaba qozonish, xushxabar, ayriliq, yuksak martabani bildiradi.

Tushda bayroq ko’tarib yurganini ko’rish xushxabar eshitishdan dalolat. Uyga bayroq olib kelganini ko’rish omad kulib boqqani, katta merosga ega bo’lishiga ishora.

Tushda yirtiq bayroq ko’rish musibatli xabar eshitishga ishora. Yuksak martaba, shon-shuhrat, or-nomus, uylanish, xayrli safarga chiqish, xotinni bildiradi.

Tushda bir nechta bayroq ko’rish yomg’ir yog’ishidan dalolat. Tushda oq yo yashil bayroq ko’rishi tush sohibining yuqori mansab, shon- shuhrat egasi bo’lishidan dalolat.

Tushda uyi tomida bayroq ilinganini ko’rish shu xonadonda to’y bo’lishidan dalolat.

Homilador ayol tushda bayroq ko’rishi o’g’il farzandli bo’lishiga ishora.

Baytal — tush sohibining xotiniga keladigan aziz mehmonga, qimmatbaho mol, uzoq va mashaqqatli safarga ishora.

Tushda baytalni ushlay olmaganini ko’rish, tush sohibining xotini badfe’l bo’lib, unga ko’p zulm qilishiga ishora.

Tushda baytalining gapirganini ko’rish xotini tomonidan qadr topishiga ishora.

Tushda baytalga minib uchganini ko’rish xotini bilan sayohatga chiqadi.

Baytal otning tuproqqa ag’anayotganini ko’rish omad kulib boqishi va katta boylikka ega bo’lishiga ishora.

Baytalning suvda cho’kib o’lganini ko’rish keladigan katta musibatdan dalolat.

Tushda baytalga kuchuk hamla qilganini ko’rish tush sohibining axloqsiz tanishi borligi va uni xotinidan ajralib yubormoqchiligiga ishora.

Balanddan tushish — ayriliq, orzu-umidlar, ishda muammo tug’ilishi, g’am-tashvishdan xalos bo’lish, afsuslanishni bildiradi.

Oilali kishi tushda baland erdan tushganini ko’rishi xotini bilan qattiq tortishishiga ishora. Savdogar kasodga uchrashi, mansabidan ayrilishini ham bildiradi.

Tushda tog’dan ‘tushganini ko’rish yaxshilikka ta’bir qilinadi. Tushda daraxtdan asta-sekin tushganini ko’rish tashvishlardan xalos bo’lishga ishora. Tomdan pastga tushganini ko’rish rizqi ko’payishini bildiradi.

Balandlik — tushda balandlikni ko’rish gapga tushunmaydigan qaysar, badfe’l insonga ishora. Oxiratini o’ylaydigan kishi, mashaqqagli ish,

ota-onasini norozi qilgan noqobil farzand, notinchlikka ishora.

Tushda balandlikka tirmashib chiqayotganini ko’rish qisqa vaqt ichida orzulari ushalishini bildiradi.

Balandlikka chiqib, ortga qayta olmaganini ko’rish musibat ichida qolishiga ishora.

Baldoq — g’am-tashvish, tushunmovchilik, va’- dasini bajarmaslik, ishdagi mashaqqat, oilaviy kelishmovchilikka ishora.

Tushda kumush baldoq taqqanini ko’rish oqi- batli insonlar bilan do’stlashishiga ishora. Til- da baldoq ko’rish o’g’rilik, muammoni bildiradi.

Baliq — oqila, bokira qizni noxush xabar eshi- tish, sheriklikda yangi ish boshlashni bildiradi.

Tushda tirik baliqni ushlab, pishirib, ega- nini ko’rish, ish yuritish uchun ko’p narsalardan foydalanishiga yoki katta meros sohibi bo’lishga ishora.

Tuzlangan baliqni ko’rish doimiy, serdaro- mad ish topishdan dalolat.

Baliq sotib olganiny ko’rish samimiy ayol bilan tanishishiga ishora.

Baliqchi — tushda baliqchini ko’rish badavlat, chiroyli xotin, hamma hurmat qiladigan mard kimsa, uzoqdan keladigan xushxabar, yangi ish topish, sevgisini topish, sog’inch, hammani mayda zpi bilan bezor qiluvchi kishini bildiradi.

Balchiq — g’am-tashvish, dushman, xastalik, janjal, kelishmovchilik, mashaqqat bilan to- pilgan halol molni bildiradi. Chigal muammolar echimini topishi, mashaqqatsiz, halol topilgan davlat, merosga ega bo’lish, ko’p mehnat qilishni bildiradi.

Kishi tushda balchiqqa botganini ko’rsa, katta meros egasi bo’lishdan dalolat.

Kiyimlariga balchiq sachraganini ko’rish xastalikka ishora.

Banan — tushda banan eganini ko’rish raqib tomonidan tayyorlangan tuzoq, boylik, savob amallar qilish, ko’ngli yarim insonni shod qilishni bildiradi.

Bank — tushda o’zini bank ichida ko’rish badav- lat kimsa, qarz olish, qiyinchilikka duch kelish, birovlarga zulm qiluvchi odamni bildiradi.

Bar — bar-kafeda maishat qilib o’tirganiii ko’rish zinokor ayol, musibat, ayriliq, yomonning zarari, iymoni sust kishi, xastalik, shayton vasvasasiga uchishdan dalolat.

Barmoq — tushda barmoqlarini ko’rish far- zand, umr yo’ldoshi, ota-ona, mol-davlat, san’at shaydosi, besh vaqt namoz o’qish, fayzli oylarga ishora.

Tushda barmog’i kesilgani yo yara bo’lganini ko’rish farzandi yo yaqinlaridan biror yordam kelmasligiga ishora.

Tushda barmoqlari uzun-uzun bo’lganini ko’rish tush sohibi besh vaqt namozini vaqtida ado etayotganiga ishora.

Tushda barmokdariga xina qo’yganini ko’rish tush sohibining mol-davlati ortishiga ishora.

Tushda barmog’idan qon oqqanini ko’rish oila a’zolaridan birining boshiga musibat tushishiga ishora.

Baqara surasi — bu muborak surani tushida o’qigan yoki tinglagan odam uzoq umr ko’radi. Oilasi, bola-chaqasi bilan osuda hayot kechiradi.

O’zini yomonliklar va shayton vasvasasidan asraydi.

Baqirish — janjal, fitna, urush chiqarish, g’am-qayg’uga ishora. Tushda baqirganini ko’rish sabr-kosasi to’lganini bildiradi, degan ta’bir- lar ham bor.

Baqlajon — engil xastalik, g’am-tashvish, rizq-nasiba, oila a’zolarining e’tibori, dilni og’rituvchi so’z, xursandchilik, safarga chiqish, tash- vishlardan xalos bo’lishga ishora. Tugtsda baqla- jonlar qorayib ketganini ko’rish tush sohibining nomi yomon otliqqa chiqishini bildiradi.

Tushda bakdajondan taom tayyorlab eganini ko’rish tush sohibining ikkiyuzlamachi odam bilan hamkorlik qilishiga ishora.

Baqqol — lafzida turuvchi, birovga sirini aytmaydigan odamga ishora.
Shuningdek, oqila rafiqa, farzandli bo’lish, xushxabar, davlatni ham bildiradi.

Bahor — sevgi, ishq, mehr-oqibat, lobar qiz, xushxabar, xursandchilik, salomatlik, baxt-sao- datni bildiradi.

Engil, o’tkinchi xastalik, yoshlik, to’y-tomosha, baraka, safarga chiqish, yangi do’st, oiladagi kenja farzand, xursandchilikni bildiradi.

Bedana — chiqarilgan qarorning o’zgartirili- shi, yangi uyga ko’chib o’tish, ikkiyuzlamachi kishi bilan uchrashuvga ishora.

Benzin — do’stini yomon yo’lga boshlovchi ki- shiga ishora. Tahlika, yong’in, safarga chiqish, ay- riliq, bezovtalik, niyati buzuq ayolni bildiradi.

Beshik — tushda beshik ko’rish erkaklar uchun musibat, hibsga olinish, tashvish, bo’ydoq yigit uchun xursandchilik, ayollar uchun farzandli bo’lishga ishora.

Beshikda birov uxlayotganini ko’rish oilada musibat bo’lishi, xonadondan fayz ketishini bildiradi.

Tushda beshikni sindirish yoki sotish yaxshi- likka emas. Beshik o’z-o’zidan singanini ko’rish noxushroq xabarga ishora.

Kishi tushida beshik yasayotgani, faqat uni niqoyasiga etkazmaganini ko’rishi, umr yo’ldo- shidan ayrilishiga ishora.

Tushda beshikni tebratayotganini ko’rish musibatlardan xalos bo’lishga ishora.

Behi — tushda behi ko’rish yoshi katta ayol, xastalik, xasis odam, ko’p pul topish, uzoq safarga chiqishdan dalolat.

Tushda behi eyayotganini ko’rish xastalanishini bildiradi.

Bemor kishi tushida behi eganini ko’rishi dardiga shifo topishidan dalolat.

Bo’ydoq yigit tushida behi ko’rishi nasl- nasabli, xushro’y qizga uylanishiga ishora. Kambag’al kishi behi ko’rishi, unga imkon berishiga ishora.

Bigiz — uy bekasi, oqil kimsa, obro’ talab ota, saxovatli qo’shni, g’iybat so’z eshitishni bildiradi.

Tushda bigiz bilan biror narsa tikkani, le- kin choklari so’kilib ketganini ko’rish tush sohi- bining so’zlariga hech kim ishonmasligiga ishora.

Bo’ydoq yigit tushida bir qizning qo’lida bi- giz ko’rsa, o’ngida o’sha qizga uylanishidan dalolat.
Bilaguzuk — ayollar tushda bilaguzuk ko’rishi to’y-tomosha, erkaklar uchun qamoqqa ishora.

Homilador ayol bilaguzuk ko’rishi qizchali bo’lishiga ishora.

Kishi tushda bilagidagi bilaguzuk gilla s kumushdanligini ko’rsa, uning saxovatli odam- ligidan dalolat.

Dushmani bor kishi qo’lida bilaguzuk ko’rishi zarar ko’rmasligiga ishora.

Dunyodan o’tgan kishining bilagida bilaguzuk borligini ko’rish uning jannatda ekaniga ishora.

Bilst — avtobus bilsti bir necha kunlik safar, samolyot bileti uzoq safarga chiqishni bildiradi.

Kontsert uchun olingan bilet boylikka, kino uchun olingan bilet tashvishga, noxush xabar, yo’qchilikka ishora.

Binafsha — badfe’l er, xotinini xor qilgan odam, notinchlikni bildiradi.

Tushda binafsha terib yurganini ko’rsa, noxush xabar eshitadi. Ayol kishining tushida bog’dan binafsha terib eriga berganini ko’rishi eri bilan saodatli umr kechirishiga ishora.

Bino — tushda biror shahar yo qishloqda bipo qurayotganini ko’rishi o’sha erlik qizga uyla- nishiga ishora. Agar bino bezaklari yangi va naqshinkor bo’lsa, unda kuyovbolaning e’tiqodi butunligidan dalolat.
Tushda keng va yorug’ bino barpo qilish kelajakda osuda hayot kechirishga ishora.
Tushda maktab, masjid, bozor rastalari va shunga o’xshash saxovatli kimsa ekaniga ishora.

Tushda qurdirgan binosi unga jannatda ko’shk bo’ladi.

Bismilloh — tushda “bismilloh”ni aytish yo eshitish baxt eshiklarini ochilishiga ishora. Tangrimning sevgan quli bo’lish, malakali olim bo’lib etishish, musibatlardan xalos bo’lish, kuch- quvvat, rizq-nasiba, qat’iyat, yuksak martaba el ardog’ida bo’lishni bildiradi.

Bit — turmush o’rtog’i bilan osuda hayot kechi- rishga ishora. Kishi ustida bit yurganini ko’- rishi undan bir necha kishi o’z manfaati yo’lida foydalanishini bildiradi. Boshidan bit to’kil- ganini ko’rish daromadi ortishiga ishora.

Tushda eski ko’ylagi to’la bit ko’rishi qarzdor bo’lishiga ishora.

Tushda bit o’ldirganini ko’rish og’ir gunoh qilganidan dalolat.

Ko’p bit ko’rish qarindosh yo do’stlar orasiga sovuqchilik soladigan razil kimsaga ishora.

Biya — maqtasa arziydigan ayol, oila, boylik, oqila xotin, savob ishni boshlash, safarga chiqish, uchrashuv, er-xotin ajrashish, ishda omad yuz o’girishiga ishora.

Tushda biya ko’rish rangiga ko’ra ta’bir qilinadi. Qizil biya xushchaqchaq, obro’li ayolga, ola-bula biya go’zallik, boylik, dumi va yoli

qizil bo’lgan biya ko’rish shirinso’z, ofatijon ayolga ishora.

Tushda qiynalmasdan xotinga uylanishidan dalolat. Oq biyaga minganini ko’rish tush sohibi diyonatli, lobar ayolga uylanishiga ishora.

Tushda qop-qora biya ko’rish shuhrat ortidjan quvadigan kimsaga ishora.

O’zi sariq, dumi qizil biya ko’rish qiziga sovchilar kelishidan darak.

Oilali kishi tushda biyasi borligi, lekin unga minishni istamaganini ko’rish xotini bilan ajrashishidan dalolat. Tushda biya sutini ichganini ko’rish badavlat xotindan yordam ko’rishiga ishora.

Bobo — tushda bobosini ko’rish uzoq umr va salomatlikka ishora.
Shuningdek, tashvishlardan xalos bo’lish, gunohlariga tavba qilish, va’dasini bajarish, saxovatli kishini bildiradi.

Bodom — mardlik, oliyjanoblikka ishora. Tushda bodom chaqib eganini ko’rish mol-davlatga ega bo’lishini bildiradi.

Daraxtdan bodom qoqib olganini ko’rish murodiga etishishiga ishora. Tushda shirin bodom yumshoq tabiatli, achchiq bodom esa rostgo’y odamga ishora.

Bodom daraxti — begonalar uchun xasis, yaqin- lari uchun saxovatli odamni bildiradi.

Bodring — uddaburon yigit, shirin so’z eshi- tish, to’y-tomosha, lobar qiz bilan tanishish, ser- daromad ish, salomatlik, omad kelishiga ishora.

Bozor — orzu-istaklari ro’yobga chiqishi, tash- vish, yashirin sirlari oshkor bo’lishi, xursand- chilik, to’y-tomoshani bildiradi.

Tushda bozorga borgani va bo’shligi, savdo so- tiq bo’lmayotganini ko’rish ibodatlarida nuqson borligini anglatadi.

Tushda bozorni ot ustida aylanib yurganini ko’rish niyatlari amalga oshishiga ishora.

Bozor o’rtasida namoz o’qiyotganini ko’rish farzandli bo’lishidan dalolat.

Boyqush — o’lim farishtasini chaqiradi. G’iy- bat, ayriliq, yo’qchilik, tashvishni bildiradi. Boyqush ko’rish yaxshilikka emas.

Bola tug’ilishi — tushda bola tug’ilishini ko’- rish xushxabar, yangi ish topish, yangilik yaratish, taqdir kulib boqishi, rizq-barakaga ishora.

Homilador ayol tushda o’g’il tuqqanini ko’rsa, o’ngda qiz farzandli bo’ladi. Tushda qizli bo’lish butun g’am-tashvishlaridan xalos bo’lishiga ishora.

Ayol kishi tushida o’g’il farzand tug’ishi va uning darrov tili chiqqanini ko’rishi baxtli- saodatli hayot kechirishiga ishora.

Bolaxona — yuksak martabali kishi, boylik, katta meros, ayriliqni bildiradi.

Balon mayda, g’iybat so’zga xastalik, kutil- magan xushxabarga ishora.

Bolta — iymon-e’tiqodi kuchli ekanini ang- latadi. Tushda qo’lida bolta ko’rish o’g’il far- zandli bo’lishga ishora.

Bolg’a — oiladagi notinchlik, aka-ukalar kelishmovchiligi, noxush hodisani bildiradi.

Tushda kishi bolg’a olganini ko’rishi noo’rin xatti-harakati bilan dushman orttirib olgani- dan dalolat. Agar birovni bolg’a bilan urganini ko’rsa, ishida muammo tug’ilishidan darak.

Bemor kishi tushda bolg’a bilan mix qoqayot- ganini ko’rishi jarrohlik stoliga yotishidan dalolat.
Bomba — yangi uyga ko’chish, bezoridan kaltak eyish, yong’in chiqishi, kutilmagan falokat, yo’q- chilik bilan bir yilni o’tkazish, noxush xabar, oiladagi kelishmovchiliklarni bildiradi.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика