TOGLAR HAQIDA

TOG`LAR HAQIDA HAQIDA

TOGLAR HAQIDA

TOGLAR HAQIDA DUNYODAGI ENG BALAND TOG’LAR QAYSI?

Avvalo, tog’larning o’zi nima? Tog’lar — quruqlikning tekisliklar ustidan baland ko’tarilgan qismidir. Tog’larning o’lchami ham, yuzasi ham o’zaro farq qiladi. Ayrim ulkan tog’larning balandligi bir necha kilometrga etadi. Boihalari esa past va tekisdir. Ularning balandligi o’zini qurshab turgan tekisliklardan hisoblaganda, 300 metrga etishi mumkin.

Ayrim tog’lar alohida qad rostlab turuvchi cho’qqilardan iborat. Ammo ular ko’pincha zanjirday bir-biriga ulanib ketadi. Ayrim tog’ tizmalarining yuzlab, hatto, minglab cho’qqilari bor.

Tog’lar faqat quruqlikda emas, dengizlarda ham paydo bo’lishi mumkin. As lida, Erdagi eng katta tog’lar okeanlar tubida joylashgan.

Agar tog’larning balandligini o’lchashda ularning suv usti va suv ostidagi qismlari ham hisobga olinsa, eng baland tog’ Gavay orollaridagiG’ Mauna Kea bo’lib chiqadi.

Uning dengiz sathidan balandligi 4 205 metr, suv ostiga esa yana 4 877 metri yashiringan. Umumiy balandlik esa 9 100 metrdan oshadi va u dunyodagi eng baland tog’dir.

Er ustidagi eng baland tog Everestdir. U Xitoy va Nepal o’rtasida joylashgan. Uning balandligi — 8 848 metr. Ikkinchi o’rinda K2 yoki Kashmirdagi Kodvin Austen cho’qqisi turadi.

Uning balandligi — 8 611 metr. Shimoliy Amerikadagi eng baland tog Makkinlidir (6 194 metr). Evropadagi eng baland tog Elbrusdir (5 633 metr).

Afrikadagi eng baland tog Kilimanjaro (5 963 metr). Janubiy Amerikadagi eng baland tog Akonkagua (6 969 metr) Argentina va Chili chegarasida joylashgan. Avstraliyadagi eng baland tog esa — Kosiusko (2 226 metr).

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика