SUV HAQIDA

SUV HAQIDA HAQIDA

SUV HAQIDA

SUV HAQIDA SUV NIMA?

Olimlar bopha sayyoralardan hayot izlaganda, avvalo, u erda suv bormi, degan savolga javob izlashadi. Biz suvsiz hayot bo’lmasligini yaxshi bilamiz.

Suv hidsiz, ta’msiz, rangsiz suyuqlikdir. U barcha mavjudotlar tarkibida, tuproqda va havoda bo’ladi.

Tirik organizmlar faqat suvda erigan ozuqani iste’mol qilishadi. Tirik hujayralar, asosan, suvdan tarkib topgan. Suv tarkibiga nimalar kiradi? U ikki gazning: o’ta engil vodorodning va nisbatan og’ir, faol gaz bo’lmish kislorodning oddiy birikmasidir.

Vodorodning kislorodda yonishi natijasida suv hosil bo’ladi. Ammo suvning xarakteristikasi uni tashkil etuvchi elementlarnikiga mutlaqo o’xshamaydi. Uning o’ziga xos xususiyatlari bor.

Suv ham boshqa ko’plab moddalar kabi uch xil holatda mavjud bo’ladi: suyuq (odatdagi shakli), «muz» deb ataladigan qattiq va «suv bug’lari» deyiladigan gazsimon holatlari. Suvning holati uning temperaturasiga bog’liq.

Tselsiy shkalasi bo’yicha 0 darajada suv’suyuk holatdan qattiq holatga o’ta yoki muzlay boshlaydi. Tselsiy shkalasi bo’yicha 100 darajada u

suyuq holatdan gazsimon holatga o’ta boshlaydi. Bunday ko’rinish holatidan ko’rinmas holatga o’tish «bug’lanish» deb ataladi.

Agar issiq uyga bir bo’lak muz olib kirilsa, u eriy boshlaydi. Mabodo, uy ancha issiq bo’lsa, muzdan hosil bo’lgan suv xalqobchasi yo’qolib ketadi, ya’ni suv bug’lariga aylanadi. Suv soviganda, hajmi kengayadi.

Buloqlar atmosfera yog’inlaridan suv oladi. Yomg’ir suvi er ostiga sizib o’tadi va qirlar yonbagri yoki tog’ etaklaridan sizib chiqa boshlaydi.

Er osti suvlari ham bor: ulardan katta-katta basseynlar hosil bo’ladi. Buloqlar shunga o’xshash rezervuarlardan suv to’kilib turadigan teshiklarga o’xshaydi. Suvning tarkibi u o’z yo’lida duch keladigan jinslarga bog’liq. Buloqlarning ikki turi bor: mineral buloqlar va termal (issiq) buloqlar.

Issiq buloqlarda, odatda, temperatura 20 darajadan baland bo’ladi. Ayrim daryolarning tubiga suv sizadi. Bir joyga to’plangan suv yana yuzaga oqib chiqadi. Bunday buloqlar karst buloqlar deb ataladi.

Suv tabiatda hech qachon sof holda uchramaydi. Uning tarkibida erigan mineral tuzlar, gazlar, mikroorganizmlar zarralari bo’ladi. Suv aylanib yuradi. Quyosh u ni bug’lantirib, dengizlar va okeanlardan havoga olib chiqadi. Suv bug’lari budut bulib yigiladi va yomgir, tuman, qor yoki shudring holida erga, suvliklarga qayta yog’adi.

SUVNING TINIQLIGI QANDAY O’LChANADI?

 

Odamlar suvning tiniqligini o’lchash uchun yuz yillardan beri Sekki gardishidan foydalanadi. U diametri 30 santimetr bo’lgan metall gardishdir.

Kema o’lchash nuqtasiga chiqqach, uning bortidan gardish suvga tushiriladi. U yonlama (gorizontal) holatda bo’lishi kerak. Gardish ko’zga ko’rinadigan eng so’nggi chuqurlik bilan suv yuzasi o’rtasidagi masofa tiniqlikdir.

Ko’l (dengiz, okean, daryo) suvining tiniqligi bu joyda falon metrni tashki l etar ekan, deyiladi.

 

Baykal suvi nihoyatda tiniqligi bilan mashhur. Ammo Er yuzining boshqa joylarida undan ham tiniqroq va tozaroq suvliklar bor ekan.

So’nggi ma’lumotlarga Karaganda (ular 1986 yili olingan), Antarktida sohillarini yuvadigan Uedella dengizi dunyodagi suvi eng tinits dengiz ekan.

7 gradus 23,6 minut janubiy kenglik va 15 gradus 2,5 minut g’arbiy uzunlik koordinatlari nuqtasida suvga tushirilgan oq Sekki gardishi suvga 79 metrgacha tushirilganda ham ko’rinib’ turdi.

Atrofdagi suvlarning tishhligi esa 70 metrdan oshmadi. Nima bo’lganda ham, bu ajoyib natija. Hisob-kitoblarga qaraganda, distillangan suvning tiniqligi 80 metrdir.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика