SHARSHARALAR HAQIDA

SHARSHARALAR HAQIDA HAQIDA

SHARSHARALAR HAQIDA

SHARSHARALAR HAQIDA DUNYODAGI ENG KATTA SHARSHARALAR QAYSILARI?

Sharshara yuksaklikdan pastga oqib tushadigan suv oqimidir. Agar euv hajmi oz bo’lsa, sharshara «kaskad», ko’p bo’lsa, «katarakt» deb ataladi.

Ayrim sharsharalar yuz metrlab balandlikdan yaxlit va ensiz oqim bo’lib pastga tushadi. Bonhalari esa kamardan oshib o’tadigan suvning mo’lligi va enliligi bilan mashhur.

Ulardan ayrimlarini ko’rib chiqaylik. Venesuelaning Gviana toglaridagi Anxel sharsharalari dunyodagi eng katta (980 metr) va uzun uzluk- siz tushum (807 metr) ga ega. Sharsharalarni 1935 yili amerikalik uchuvchi Jeyms Eynjel kashf etgan.

Osiyodagi eng katta sharshara Hindistondagi Gersoppa sharsharasidir. Bu katarakt u mumiy uzunligi 252 metr bo’lgan to’rtta kamardan oqib tushadi. Suvi eng ko’p katarakt Braziliya va Paragvay chegarasidagi Guayra sharsharasidir. Undan har sekundda 13 309 kub metr suv tushadi. Guayra u mumiy suv tushumining uzunligi 60 metr bo’lgan 18 ta bo’lak-bo’lak sharsharadan iborat.

Dunyodagi eng baland sharsharalardan biri Kaliforniyaning Yosim Milliy bogidagi Ribbon sharsharasidir. Bu ensiz suv oqimi Mersed daryosiga 490 metr baland lik dan tushadi.

Dunyodagi ikkinchi katta sharshara Janubiy Afrikadan topilgan. Bu Tugela sharsharasidir. U 853 metr balandlikdan besh bosqichda oqib tushadi.

Eng mashhur sharshara esa Niagara sharsharasidir. U Nyu-York shtatidagi Buffalo shahridan 25 km uzoqlikda oqib o’tadigan Niagara daryosidadir. U ikkita katarakt: Taqa (Kanada) va Amerika sharsharalaridan tashkil toygan. Amerika Ko’shma Shtatlari va Kanada o’rtasida- gi chegara Taqa sharsharasining markazidan utadi.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика