SAMARQAND

SAMARQAND HAQIDA

SAMARQAND

Samarqand dunyoning eng qadimgi va mashhur shaharlaridan biri. Yozma manbalarda ta’riflanishicha, u o‘rta asrlarda «Yer yuzining sayqali» sifatida madh etilgan.

Qadimda yerli aholi o‘z shaharlarini «Smarakansa», ya’ni «Shahri azim» deb, turkiy zabon nufus esa «Semizkent» deb atagan. Yunonlar uni «Marakanda», ya’ni «Ulug‘ shahar» deb tilga olishgan.

U Sug‘d diyorining markazi bo’lgan. Dushman hujumlaridan mudofaa qilish uchun shahar qadimda baland va mustahkam devor bilan o‘rab olingan. Uning uchta darvozasi bolgan.

Shahar devorining uzunligi 10 kilometrdan oshiqroq bo’lib, uning u yer — bu yerida bir qancha burj (mo‘la)lari va bir necha qator nishon tuynuk — shinaklari bo’lgan.

Shaharning shimolidan Siyob, sharqidan Obi Mashhad soylari oqib o‘tgan. Uning janubida qadimgi Sangrason jarligi joylashgan.

Samarqand shahrining umumiy ko’rinishlaridan biri.

va chuqur soy hamda jarliklar, g‘uj tepaliklar dushman qamal qilgan paytlarda zo‘r tabiiy to‘siq bo‘lib, shahar istehkomlari qudratini oshirgan.

Qadimda Novadon arig‘i bo‘ylab oqib kelgan soy suvlari, pishiq g’ishtdan kurilgan ulkan suv inshooti — «Jo‘yi arziz», ya’ni «Qo‘rg‘oshin arig‘i» — ichi qo‘rg‘oshin bilan qoplangan nova va qator hovuzlar orqali shahar ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Nova uzunligi 200 metrga yaqin, kengligi qariyb 4 metr, chuqurligi 1 metrdan oshiqroq bolgan.

Bu ajoyib qadimgi suv inshooti Chingizxon lashkarlari tomonidan (1220) vayron etilgan.

Shahar ichida Sug‘d davlatining qadimgi podshohlari — Samarqand ixshidlarining qarorgohi — ark, hashamatli qasrlari, naqshinkor saroylari, ibodatxona, hunarmand- lar mahallalari, ko‘cha-ko‘ylar, do‘kon-u rastalar, bozor va boshqalarjoylashgan edi.

Insoniyat tarixida qadimgi madaniyat o’choqlari sifatida jahonga tanilgan Bobil, Afina va Rim shaharlari kabi, Samarqand ham boy tarixga ega.

U ko‘plab jang-jadallarning guvohi bo’lgan. Miloddan avvalgi 329-yili uni makedoniyalik Aleksandr — Iskandar Zulqarnayn, 8-asrda arab fotihi Qutayba, 13-asrda Chingizxon qo‘shiniari bosib olib, vayron qildi.

Bu bosqinchilarga qarshi shahar ahli mardonavor kurashdi. Bir necha qo‘zg‘olonlar bo’lib o‘tdi. Ayniqsa, arab fotihlariga qarshi ko’tarilgan «oq kiyimlilar» qo‘zg‘oloni mashhur.

Qonli urushlar oqibatida vayron etilgan
qadimgi Samarqand vayronalari keyinchalik (17-asr) Afrosiyob, ya’ni «Siyob sohillari» nomi bilan yuritildi.

Bundan olti asr muqaddam Samarqand qadimgi o’midan janubroqda qayta tiklandi va ko‘p vaqt o’tmay Amir Temur tomonidan mamlakat poytaxtiga aylantirildi.

Shahar atrofi olti darvozali mudofaa devori bilan o‘rab olindi, muhtasham binolar qurildi.

Ko‘cha-ko‘ylar o’tkazilib, chorsu bozori qad ko’tardi. Keyin- roq shahaming markaziy maydoni — Registon barpo etildi. Bibixonim jome’ masjidi, Go‘ri Amir maqbarasi, Shohi Zinda ansamblida Shodimulk og’o va Amir Husayn,

Shirinbeka og‘o maqbaralari bino qilindi. Samarqand atrofida Bog’i Dilkusho, Bog’i Chinor, Bog’i Bihisht, Bog‘i Baland, Davlatobod, Bog’i Nav, Bog‘i Shamol va Bog’i Zog’on kabi ko’rkam bog‘lar va hashamatli bo’ston saroylar qurildi.

Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqand yana- da ko’rkamlashdi. Uch qavatli rasadxona (observatoriya) qurildi. 0‘rda ichida to’rt qavatli Ko’ksaroy hamda Bo‘stonsaroy qurilib, unda davlat mahkamasi, qurol-yarog1 ustaxonalari, xazina, zarbxona, qamoqxona joylashtirildi.

Registon maydonida Ulug’bek madrasasi, xonaqoh, karvonsaroy va Muqatta’ masjidi bino qilindi. Ikki yuz o‘n gumbazli Ko‘kaldosh jome’ masjidi qad ko’tardi. Keyinchalik Sherdor va Tillakori madrasalari qurilgach, ular birgalikda Registon majmuasi deb atala boshladi.

Buxoro xonligi tashkil topgach (16-asr boshlarida), poytaxt Samarqanddan Buxoroga ko‘chirilgan bo‘lsa-da, Samarqand xonlikdagi eng yirik savdo va hunarmandlik markazlaridan biri bo’lib qoldi.

17-asr- 18 — asrning birinchi yarmida Samarqand bir necha bor inqirozga yuz tutib, uning obidalari turli bosqinchilar tomonidan xarobaga aylantirilsa-da, ammo har gal shahar yana qayta tiklandi.

1868-yilda Samarqand Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinib, yangi tashkil etilgan Zarafshon okrugining ma’muriy va savdo markaziga aylantirildi. 19-asrning 70-yillaridan boshlab Rossiyadan ko‘chirib keltirilgan rus

Shohi Zinda ansambli.

aholi uchun yangi shahar qad ko’tara boshladi. Qadimgi me’moriy obidalar yevropacha uslubda qurilgan imoratlar bilan uyg’unlashib ketdi.

1925—1930-yillarda Samarqand O‘zbekistonning poytaxti bo’lib turdi.

Hozirgi davrda aholi soni jihatidan Vatanimiz shaharlari orasida ikkinchi o‘rinda turgan Samarqand kengayib, yanada obodonlashib bormoqda.

Mustaqillik yillarida bu yerda shaharni qayta qurish, me’moriy obidalarini ta’mirlash ishlari ko’lami kengaydi. Turar joylar ko’paydi.

Yangi jamoat binolari, roaishiy, savdo-sotiq majmualari, keng va ko’rkam ko‘cha-ko‘ylar, xiyobonlar va maydonlar, sport majmualari, ko‘p qavatli uylar, mehmonxonalar tushgan Sug’diyona, Sadtepa kabi bir nechta yangi, obod mikrorayonlar barpo etildi.

Shaharda ko’kalamzor bog’lar, gulzor bo’stonlar ko‘p. Shaffof suvli hovuzlari va favvoralari, jazirama taftini qaytaradigan soya-salqin bog‘ va xiyobonlari shahar ahli va sayohatchilarni o’zining huzurbaxsh og’ushiga chorlaydi.

Samarqand Mustaqil O‘zbekistonimizning eng ko’rkam va obod shaharlaridan biri sifatida tanilishi bejiz emas.

Uning qadimiy me’moriy va tarixiy obidalari zamo- naviy inshootlar bilan uyg’unlashib, ajib bir go’zallik hosil qiladi.

Vatanimizning eng gavjum turistik shaharlaridan biriga aylangan Samarqand- ning tarixiy obidalarini saqlash, ta’mirlash ishlariga davlatimiz katta e’tibor bermoqda.

Ayniqsa, Amir Temur tavalludining 660 yillik yubileyi munosabati bilan amalga oshirilgan yodgorliklarni ta’mirlash,

Amir Temur xiyobonining barpo etilishi va Sohibqiron haykali o’rnatilishi hamda Alisher Navoiy, Abdurahmon

Jomiy, Mirzo Ulug‘bek, Yo’ldosh Oxunboboyev, Akmal Ikromov, atoqli o‘zbek xalq baxshi-shoirlari yodgorliklari shahar ko’rkiga ko‘rk qo’shib turibdi.

Samarqand — sanoat korxonalari va fabrikalar, oliy va o‘rta maxsus o’quv yurtlari (litsey va kollejlar), ilmiy tadqiqot institutlari, qo’riqxona- muzey va teatrlar shahri.

Shahar jo’shqin hayot kechirmoqda. Zamonaviy jihozlar o’rnatilgan ko’pgina korxona va qo’shma korxonalar xalq xo’jaligi uchun eng zarur mahsulotlar ishlab chiqarmoqda.

Samarqand choy qadoqlash fabrikasi, chinni zavodi, kichik avtobuslar ishlab chiqarayotgan «0‘zotoyo‘l» qo‘shma korxonasi shular jumlasidandir.

Samarqand respublikamizning yirik fan markazlaridan biri sifatida ham diqqatga sazovordir. Unda 0‘zbekiston Fanlar akademiyasining Samarqand bo‘limi, Samarqand Davlat universiteti joylashgan.

Bu yerga butun jahondan olim-u olimalar sog‘liqni
saqlash, ekologiya, qishloq xo’jaligi, astronomiya, kimyo, tarix, arxeologiya, tilshunosiik va boshqa sohalarga oid masalalar bo‘yicha yig’iladilar. Xalqaro miqyosdagi anjumanlar va seminarlar o‘tkaziladi.

0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (2006-yil 25-iyun)ga muvofiq 2007-yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi keng nishonlandi.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика