QUYOSH SISTEMASI

QUYOSH SISTEMASI HAQIDA

QUYOSH SISTEMASI

QUYOSH SISTEMASI Quyosh va uning atrofida aylanuvchi barcha osmon jismlari Quyosh sistemasini tashkil qiladi. Unga sakkiz yirik sayyoralardan biri bo’lgan sayyoramiz — Yer ham kiradi.

Sayyoralar katta-kichikligi jihatidan bir xil emas. Ular ikki guruhga bo‘linadi.

Birinchi guruhga ulkan sayyoralar — Yupiter, Saturn, Uran, Neptun kiradi. Bu sayyoralar asosan suv va gazlardan iborat.

Ikkinchi guruhga Yer tipidagi sayyoralar: Yer, Merkuriy, Venera va Mars kiradi.

Merkuriy, Venera, Yer va Mars Quyoshga boshqa sayyoralardan ko‘ra yaqinroq joylash-
gan.

Bu sayyoralar qiyin eriydigan toshsimon moddalar, metallar va ularning kislorod bilan birikmalaridan tashkil topgan. Ularda yengil gazlar va suv juda oz.

Quyosh atrofida yirik sayyoralardan tashqari minglab kichik sayyoralar ham aylanadi. Ular asteroidlar deb ataladi.

Quyosh sistemasida 40 mingga yaqin kichik sayyora, ya’ni asteroidlar bor deb taxmin qilinsa-da, hozirgacha faqat 2000 tachasi topilib, orbitalari hisoblangan. Eng yirik asteroid hisoblangan Sereraning diametri 770 kilometr.

Kometalar ham Quyosh yo‘ldoshlariga kiradi. Kometalarning gaz va changdan iborat dumlari osmon gumbazi bo‘ylab kometaning bosh qismiga charaqlagan uzun etak kabi ergashib yuradi.

Bu juda ajoyib manzara. Asteroid va kometalar parchalanib turadi. Ularning zarrachalari — meteorlar atmosferaga kirgach, yonib ketadi.

Lekin ba’zi meteor zarrachalari batamom yemirilmasdan, tosh va temir parchalari — meteorit holatda Yerga tushadi.

Butun sayyoralararo fazo juda mayda kosmik chang va gaz zarralari bilan to’lgan.

Koinotdagi va Quyosh sistemasidagi barcha jismlarning harakati butun olam tortishish qonuniga bo‘ysunadi. Bu haqda siz «Nyuton lsaak» maqolasida o’qishingiz mumkin.

Butun Quyosh sistemasi: Quyoshning o‘zi, sayyoralar, kometalar ulkan yulduzlar sistemasi — Galaktika tarkibiga kiradi.

Bizning Quyosh sistemamiz sekundiga 250 kilometrga yaqin tezlik bilan o‘z orbitasi bo‘ylab Galaktika markazi atrofida aylanadi.

U Galaktika markazi atrofidagi masofani taxminan 200 million yilda bosib o’tadi.
Bu naqadar katta vaqt ekanligini tasawur qilish uchun bizning sayyoramiz «atigi» 4,5 milliard yildan beri mavjudligini aytish kifoya.

Quyosh sistemasini yanada batafsilroq o’rganish uchun yaqin kelajakda boshqa sayyoralarga borish, uzoq kosmosga ilmiy apparatlar yuborish, asteroid va kometalarga qo‘nib, sayyoralararo ilmiy sayohat qilish ishlari moljallanmoqda.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика