QUYON BOQISH

QUYON BOQISH

QUYON BOQISH

QUYON BOQISH Quyonni ko’rmagan bola bolmasa kerak. Quyonlar tovushqonlardan quloqlarining kichikroq bolishi, keyingi oyoqlari va dumining kaltaligi bilan farq qiladi. Quyon yungi tanasining orqa tomonidan kulrang, qorin tomonida esa oq boladi. Yung rangi yil davomida o’zgarmaydi.

Yer yuzida quyonlarning 10 dan ortiq turi uchraydi. Ular orasida Yevropa yowoyi quyoni ayniqsa keng tarqalgan. Barcha xonaki quyon zotlari ana shu turdan kelib chiqqan.

Yevropa yowoyi quyoni G’arbiy va Markaziy Yevropa hamda Shimoliy Afrikada uchraydi. U keyinroq Avstraliya,

Yangi Zelandiya, Shimoliy va Janubiy Amerika, Ukrainaning janubiga keltirib iqlimlashtirilgan. Quyonlar tabiatda siyrak butalar va daraxtlar bilan qoplangan jarliklar va baland-pastlikjoylarda, ba’zan bogiar va xiyobonlarda yashaydi.

Tepalik yonbag’ridan o’ziga in qaziydi. Tunda, ba’zan kunduzlari chiqib, ini yaqinida o’tlab yuradi. Biron xavf-xatar sezgudek boisa, iniga kirib bekinadi.

Quyonlar juda tez ko’payadi. Har yili 3-4 marta 4-12 tadan bolalaydi. Yangi tugilgan bolalari ko’zi yumuq, terisida yungi boimasligi bilan tovushqon bolalaridan farq qiladi. Quyonlarning ko‘zi 10 kundan so‘ng ochiladi. Ona quyon bolalarini bir oyga yaqin emizadi.

Quyon bolalari bir yoshga yetmasdan voyaga yetib, bolalay boshlaydi. Quyonlar o’rtacha 5- 6 yil, ba’zan 10 yilgacha yashaydi.

Xonaki quyonlar go’sht, mo’yna va tivit olish maqsadida maxsus quyonchilik fermalarida boqiladi. Seleksiya yo‘li bilan quyonlarning 60 dan ortiq zotlari chiqarilgan.

Ular orasida go’sht va mo’yna beradigan shinshilla, moviy vena, shampan; go’shtdor katta oq quyon, tivit beradigan angor quyoni keng tarqalgan, go’shtdor quyonlarning vazni 9 kg ga yetadi.

Angor quyonlaridan yiliga o‘rta hisobda 150- 300 g, ba’zan 500 g gacha tivit olinadi. Quyonlar mo’ynasidan qishki kiyimlarga yoqa tikiladi, tivitidan issiq ro‘mollar, tivitli trikotaj matolar to’qiladi. Quyon go’shti va mo‘ynasi uchun ovlanadi.

Related posts

Leave a Comment