QURBAQA

QURBAQA HAQIDA

QURBAQA

QURBAQA Qurbaqadan ko‘pchilik hazar qiladi. Qurbaqa zararli, kimki uni ushlasa qo‘liga so‘gal toshib ketadi, degan gaplar ham yuradi. Haqiqatan ham qurbaqa terisidagi burmalaridan

sutsimon suyuqlik ajratadi. Bu suyuqlik juda badbo‘y va achchiq bo’lib, qurbaqaning raqiblari uning hidiga chiday olmaydilar. Shu yo‘l bilan u o‘z dushmanlarini qo’rqitadi. Axir o‘zini himoya qilish uchun uning na o‘tkir tishi, qochish uchun na chaqqon oyog‘i bor.

Qurbaqalar haqida ko’pgina uydirma gaplar yuradi. Qurbaqa haqidagi haqiqatni esa ko‘pchilik bilmaydi. Masalan, qurbaqa qanchalik ko‘p foyda keltirishidan ko‘pchilik bexabar.

U biron zax joy topib olib kuni bilan o’tiradi, qosh qoraydi deguncha ovga chiqadi. Tuni bilan u qanchadan-qancha zararkunanda: shilliqqurt, pashsha, chivin va boshqa turli hasharotlarni qirib tashlaydiki, uni sanab sanog’iga yetolmaysiz! Mana shuning uchun ham qurbaqalar foydalidir.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика