QADIMGI DUNYO

QADIMGI DUNYO HAQIDA

QADIMGI DUNYO

QADIMGI DUNYO  Eng qadimgi davlatlar bundan 5-6 ming yillar muqaddam Qadimgi Sharq deb ataladigan mamlakatlar, ya’ni Shimoliy Afrika va Janubiy Osiyoda vujudga kelgan.

Bular Afrikaning shimoli-sharqida, Nil daryosi vodiysida joylashgan Misr, Dajla va Frot daryolari oralig’idagi Osiyo davlatlari — Shumer va Akkaddir. Keyinchalik, miloddan avvalgi ikki minginchi yillikda shu yerda Bobil va Ossuriya davlatlari paydo bo’ldi.

Chapdan o’ngga: Qadimgi Misr; Vavilon va Ossuriya; Hindiston; Xitoy; Yunoniston; Qadimgi Rim.

Hindistonning Hind va Gang daryolari avvalgi 8-asrda esa Rim davlatining marka odiysidagi, Xitoyning Xuanxe daryosi sohiziga aylangan Rim shahriga asos solingan. dagi davlatlar ham qadimgi davlatlardan Iqlimning mo’tadilligi, tuproqqa nam berib, » soblanadi.

Bu yerlarda jamiyat boshqalardan avvalroq boy va kambag‘allar sinfiga, qullar va ozod kishilarga bo’linib ketdi. Shuning uchun ham o‘z qonunlari, sud va armiyasiga ega bo’lgan davlatlar paydo bo’lib, ular quldorlarning hokimiyatini mustahkamlashga xizmat qildi.

Daryolar toshqinini jilovlash va yerlarni sug‘orish uchun odamlar kanallar qazishgan, to‘g‘onlar qurishgan. Bunday og’ir ishlarni qullar bajarishgan.

Kon va tosh maydalash ishlarida ham ular mehnatidan foydalanilgan. Boylar asoratiga tushgan ozod kishilar va asirlar ham asta-sekin qullarga aylangan.

Qullar hech qanday huquqqa, hech qanday mulkka ega emas edilar. Qul o‘z xo‘jayinining buyumi hisoblanib, taqdiri butunlay uning irodasiga bogliq edi. Qulni sotish va hatto o’ldirish ham mumkin bo’lgan.

Ozod kishilar orasida dehqonchilik bilan shug’ullanadigan dehqonlar ham, o‘z ustaxonalarida ishlaydigan hunarmandlar ham bor edi.

Lekin ularning ham ba zilari xonavayron bo‘lib, qo’shni boylarga arzimas haq uchun yollanishgan. Ularqullarga nisbatan ayrim huquqlarga ega bolishgan: haqoratlagan kishining ustidan sudga shikoyat qilishlari, boshqa xo‘jayinga yollanishlari mumkin edi.

Qadimgi Sharqning qudratli podsholari ko‘pming kishilik piyoda va otliq lashkariarga boshchilik qilib, bosqinchlik urushlari olib borishar, behisob boyliklarga ega edilar.

Podsholar sharafiga qurilgan dabdabali maqbaralar hatto ular o’limidan keyin ham hokimiyat qudratini namoyish etardi.

Misrdagi piramidalar podsholarga atab qurilgan ana shunday maqbaralardir. Fir’avn (podsho)lar bu yerda xudoga tenglashtirilgan. Piramidalarni ham, ibodatxonalar singari, asosan qullar qurishgan.

Mashaqqatli mehnat va butunlay haq-huquqsizlikdan g’azabga kelgan qullar va kambag’allar ko‘p marta qo‘zg‘olon ko’tarishgan. Bu qo’zg’olonlar Qadimgi Sharq davlatiarining ko’pini larzaga keltirgan.

Qadimgi Sharq mamlakatlarida ajoyib ustalar, iste’dodli ixtirochilar, olimlar ko‘p bo’lgan. Bu yerda astronomiya, matematika, tibbiyot va boshqa fanlar, shuningdek, yozuv vujudga keldi, ko’plab muhim kashfiyot va ixtirolar amalga oshirildi. Masalan, Shumerda kulolchilik charxi yaratildi.

Qadimgi Misrda birinchi marta fayans buyumlar, qadimgi Xitoyda esa chinni idishlar yasashni o‘rganib olishdi. Qadimgi xitoylar shoyi va qog‘oz tayyorlay boshlashdi.

Hindlar raqamlarni o’ylab topishdi. Qadimgi Sharq mamlakatlarida ko’plab foydali o’simliklar o’zlashtirildi va yetishtirildi, qariyb barcha uy hayvonlari qolga o’rgatildi.

Qadimgi Sharq mamlakatlaridan antik dunyo — Yunoniston va Rimga o’tamiz. Asosiy yunon davlati Afina quldorlik respublikasi edi.

Afinada hamma erkaklar (qullar va kelgindilardan tashqari) xalq yig‘inida qatnashishi mumkin edi. Ular o’zlariga hokimlar, hakamlar, harbiy boshliqlar saylashgan.

Bu yerda ham og‘ir ishlarni qullar bajarishgan.

Afinaliklar geometriya va tibbiyot, falsafa va geografiya bo‘yicha buyuk ilmiy asarlar yaratishdi. Ular teatr uchun tragediya va komediyalar yozishdi, ajoyib ibodatxona va saroylar qurishdi, marmardan haykallar yasashdi.

Yunoniston haykaltaroshlari va me’morlarining o‘lmas asarlari butun dunyoga mashhur.

Boshqa bir yirik yunon quldorlik davlati Sparta edi. Spartalik har bir bolani yoshligidan urushga tayyorlashar, jismoniy jihatdan chiniqtirib, baquvvat va jasur jangchi qilib tarbiyalashga katta e’tibor berishar edi.

Miloddan awalgi 2-asrda butun Yunoniston rimliklar hokimiyatiga qaram bo‘lib qoldi.

Rim davlati ming yildan ortiqroq hukm surdi. U qadimgi mamlakatlar ichida eng kattasi bo‘lib, unga faqat

Yunoniston emas, balki Sharqning ko’plab mamlakatlari ham bo’ysunardi. U quldorlar davlati edi. Rim davlati o‘zining butun tarixi davomida qullar va behisob yerlarga ega bo’lish uchun uzoq va qonli urushlar olib bordi.

Rim dastlab respublika edi. Keyinchalik, uning turli chekkalarida qullar qo‘zg‘oloni ko‘tarilgandan keyin (ulardan eng kattasi Spartak boshchiligidagi qo‘zg‘olon) boy quldorlar monarxiya (yunon- cha «monarxiya» —

«yakkahokimlik» degan ma’noni anglatadi) o’rnatishdi. Davlatda butun hokimiyat yakka hukmronlik qiluvchi imperatorga bo‘ysunadigan bo’ldi.

Qadimgi Rim ham umuminsoniy madaniyatga muhim hissa qo’shdi. Rimliklar ajoyib inshootlar: sirk va ibodatxonalar, hammom va saroylar, ko‘priklar va vodoprovodlar barpo qilishdi.

Rim shoirlari, yozuvchilari, tarixchilarining asarlari boshqa xalqlarning tillariga tarjima qilingan. Rimliklar so‘zlashgan lotin tilidan italyan, ispan, fransuz va boshqa tillar kelib chiqdi.

Qullarning o‘z hukmronlariga qarshi qo‘zg‘olonlari asta-sekin Rim davlatini ichdan yemira boshladi. Tashqi dushmanlar ham uni kuchsizlantira bordi.

5-asrda quldorlik davri ishlab chiqarish usulida tanazzulning kuchayishi va varvarlarning bostirib kirishi natijasida qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiqning tushkunlikka ketishi, qullar qo‘zg‘olonlarining kuchayishi Rim imperiyasining halokatiga sabab bo’ldi.

395-yilda imperiya G‘arbiy va Sharqiy qismlarga ajraldi. 410-yilda vestgotlar Rimni egallab, uni vayron qildilar. 476-yili qo‘shni qabilalardan birining boshlig’i Odoakr G’arbiy Rim imperiyasining so’nggi hokimi Romul Avgustulni taxtdan ag’dardi.

Bu sana G’arbiy Rim imperiyasi- ning ag‘darilish yili deb hisoblanadi. Sharqiy Rim imperiyasi o‘rnida esa Vizantiya davlati vujudga keldi.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика