OY HAQIDA

OY HAQIDA HAQIDA

OY HAQIDA

OY HAQIDA Xalqimizda «Oyda ham dog‘ bor» degan naql bor. Bu naql bejiz aytilmagan.

To‘liq oy paytida Oyga tikilib qarasangiz, haqiqatan ham uning sirtida qandaydir dog’lar borligini ko’rasiz. Uzoq vaqtlargacha bu dog‘lar sirligicha qolib keldi.

Yerdan Oy oddiy ko‘z bilan kuzatilsa, hardoim uning sirtida birxil kulrang dog’larni ko’rish mumkin. Bu shuni bildiradiki, Oy Yerga hamisha faqat birtomoni bilan o’girilib turadi.

Oyning o‘z o‘qi atrofida aylanish vaqti uning Yer atrofida aylanish vaqtiga, ya’ni 27 1/3 sutkaga teng. Oyning Yerdan ko’rinmaydigan teskari tomonini kosmik uchish apparatlari yordamidagina tadqiq qilish mumkin boldi.

Oyni va Koinotni o‘rganish uchun «Luna» sayyoralararo avtomatik stansiyalari uchirildi.

«Luna-2» birinchi marta Oyga yetib bordi (1959), «Luna-9» Oyga yumshoq qo’ndi (1966), «Luna-10» Oyning birinchi sun’iy yo’ldoshi bo’ldi (1966), «Luna-16» Oy tuprog’ini Yerga olib tushdi (1970), «Luna-17» Oyga o‘ziyurar oy apparatini (»Lunoxod-1 »)ni olib chiqdi (1970). 1959-76-yillarda 24 ta

Ushbu rasmda kuzatuvchi Yerning har xil nuqtalari- dan Oyning Quyosh bilan yoritilgan qaysi qismini ko‘rishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

«Luna» stansiyalari uchirildi. 1969-yil 21-iyulda AQSH «Apollon-11» kosmik kemasida astronavtlar N. Armstrong, E. Oldrin Oy sirtiga qadam qo’yishdi.

Bu kosmik kemalar Oy haqida mukammalroq ma’lumotlar olishga imkon berdi. Oy — Yerga eng yaqin osmon jismi, Yerning tabiiy yo‘ldoshi. U har doim Yer atrofida aylanib turadi.

Oy Yer atrofida cho‘ziq doira — ellips shaklida aylanganligi uchun Yerdan Oygacha bo’lgan masofa — 356 ming kilometrdan 406 ming kilometrgacha.

Oy kurrasi Yer kurrasidan ancha kichik — diametri to‘rt marta, hajmi 49 marta kichik. Yer kurrasi moddalaridan har biri Oy og’irligiga teng keladigan 81 ta Oy kurrasini yasash mumkin bolardi.

Oyning o‘zi yorug’lik chiqarmaydi. Lekin Oy kechalari tunni yoritadi-ku, dersiz. To‘g‘ri, yoritadi. Biroq buning sababi shundaki, Oyning sirtidan Quyosh nurlari qaytadi.

Oy qaytargan nurlarning bir qismi tunlari Yerni yoritadi. Oyning Quyosh yoritgan butun yarmi Yerga qarab turgan paytda biz uni nurlanib turgan doira disk sifatida ko‘ramiz.

Bunda u to‘lin oy bo’lib ko’rinadi. Ko‘pincha, Oyning yoritilgan tomoni Yerdan faqat qisman ko’rinadi. Bu holda Oy osmonda o‘roq, yarim

Oyning sirti surati.

doira va chala doira shaklida ko‘rinadi. Agar Oy Quyosh bilan Yer o‘rtasiga tushib qolsa, biz Oyni butunlay ko’rmaymiz. Bunda yangi oy «tug‘iladi».

Ba’zan, yangi oy tug‘ilishi paytida Oy Quyoshni to‘sib qoladi. Shunday paytlarda Quyosh tutilishi yuz beradi. Shunday ham bo‘ladiki, ba’zan, Oy to’lgan paytida Yer Oyga soya tashlaydi. Shunda Oy tutilishi yuz beradi.

Oy sirtidagi kulrang dog’larni qadimda dengizlar, deb o’ylashgan. Hozir Oyda bir tomchi ham suv yo’qligi bizga yaxshi ma’lum.

Oy atrofida havo qobig’i — atmosfera ham yo‘q. Oy — Yerga o’xshaydigan, ammo jonsiz olam. Uning sirtidagi «dengiz»laresa kul rang vulkan jismlari bilan qoplangan chuqur botiqlardir.

«Dengiz»larga tasodifiy, ba’zan juda g‘alati nomlar berilgan. Eng katta «dengiz» «Bo‘ronlar okeani» deb ataladi. Oy kartasi- da «Mo‘l-ko‘lchilik dengizi», «Sokinlik dengizi», «Bulutlar dengizi», «Ravshanlik dengizi», «Yomg‘irlar dengizi», «Moskva dengizi», «Orzu dengizi» kabi nomlar bor.

Oyning yorug1 qismlari uning tog’li hududlaridir. Oy bizga o‘roq yoki yarim doira shak- lida ko’ringanida teleskop bilan qaralsa, uning sirtida notekisliklar — Oy tog‘larini ko’rish mumkin.

Oyda baland tog‘ tizmalari mavjud, lekin halqasimon toglar- kraterlar juda ko‘p. Oy kraterlarining ba’zilari Oyga sayyoralara- ro bo‘shliqdan temir yoki tosh jismlar — meteoritlar tushganda paydo bo‘lgan.

Eng yirik Oy kraterlari vulkanlar otilgan- da paydo bo’lgan. Oy bag‘ridan chiqayotgan gazlarning ba’zi izlarini olimlar hozir ham kuzatishmoqda. Ehtimol, Oy bag’rida temperatura juda balanddir.

Oy sirtida kunduz kuni harorat ko’pincha 130 darajagacha ko‘tariladi, kechalari esa, aksincha, juda sovuq — 170 darajagacha pasayadi.

Quyosh nurlari tushib turgan joy harorati bilan soya joy harorati ham juda katta farq qiladi, chunki Oyda temperaturalar farqini yo‘qotuvchi havo yo‘q.

Oydagi og‘irlik kuchi Yerdagidan olti marta kichik. Shuning uchun kosmik raketaning Oydan uchishi Yerdan uchishiga qaraganda ancha oson.

Ma’lum bo‘lishicha, Oyning teskari tomoni bizga ko‘rinadigan tomoniga hech o‘xshamas ekan. Teskari tomoni deyarli faqat tog‘lardan iborat bo‘lib, «dengizlar» bir nechtagina, xolos.

Oyda doimiy ishlab turadigan ilmiy stansiyalar yaratilsa ajab emas. Keyin esa Oy shaharlari ham quriladi. Olis sayyoralararo reyslarga kosmik kemalar Yerdan emas, Oy sirtidan uchiriladigan kunlaryaqin.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика