OLIK DENGIZ HAQIDA

OLIK DENGIZ HAQIDA

OLIK DENGIZ HAQIDA

O’LIK DENGIZ NIMA?
Ulik dengiz Er yuzidagi o’ziga xos suv havzasiga inson bergan galati nomlardan biridir.

Bu dengizni ilk marta yunonlar «o’lik», Qadimgi Iudeya aholisi esa «sho’r» deb atagan. Arab mualliflari u ni «badbo’y dengiz» deb tilga olishgan.

Bu dengizning o’ziga xos jihati nima? Haqiqatda u Iordaniya va Isroil o’rtasida joylashgan katta va sho’r ko’ldir. Dengiz mintaqadagi mavjud chuqurlik yoki Er qobig’i yorig’ida paydo bo’lgan.

Ulik dengizning bo’yi 75 km.ga yaqin, eni esa ayrim joylarda 5 km.dan 18 km.gacha etadi. Dizigi shundaki, Ulik dengizning yuzasi dunyo okeani sathidan 400 metr pastdir. Uning janubiy qismi nisbatan sayoz, shimoliy qismidagi ayrim joylarning chuqurligi 400 metrgacha etadi.

Boshqa ko’llardan farqli o’laroq, Ulik dengizdan birorta ham daryo otsshb chiqmaydi, aksincha, shimol tarafdan Iordan daryosi unga quyiladi.

Bundan tanhari tevarak-atrofdagi qirliklardan ham jilg’alar dengizga oqib tushadi. Oshiqcha suv buglanib chiqib ketadi. Shuning uchun ham dengiz suvi tarkibida haddan ziyod osh tuzi, karbonat angidridli kaliy (inhor), xlorid, magniy bromidi va bonha mineral tuzlar yig’ilib qolgan.

Ulik dengiz dunyodagi eng sho’r dengizdir. Uning suvi tarkibidagi tuzlar miqdori okean suvi tarkibidagi tuz miqdoridan 6 marta ko’p. Bu suvning zichligini shu qadar oshirib yuborganki, unda cho’milayotgan odam hech bir zahmatsiz suv yuzasidagi po’kakday suzib yuradi. Dengiz qimmatli moddalar manbai bo’lib xizmat qilishi mumkin. Uning tarkibida 2 000 000 tonnadan oshiq erib ketgan inhor bor. Undan o’g’it ishlab chiqarishda foydalanipg mumkin.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика