OKEANLAR HAQIDA

OKEANLAR HAQIDA

OKEANLAR HAQIDA

OKEANLAR HAQIDA ER DA NECHTA OKEAN BOR?

Globus yoki Er xaritasiga nazar tashlaganingizda ulkan suv havzalariga ko’zingiz tushadi. Ular okeanlardir.

Mavjud to’rtta okeandan eng kattasi Tinch okeanidir. Odamlar uni kattaligi uchun Buyuk okean deb atashgan. Kattaligi bo’yicha Atlantika okeani ikkinchi, Hind okeani uchinchi, Shimoliy Muz okeani esa oxirgi o’rinda turadi.

Turt okean suvi Er yuzidagi jami suv zahirlarining 9/10 qismini, ichki dengizlar va turli davlatlarning sohil bo’ylaridagi dengizlar esa 1/3 qismini tashkil qiladi.

Ichki dengizlar degani nima? Ular bir vaqtlar okeanning undan orollar yoki quruqlik bilan ajratilgan bo’ lak lari dir.

Evropa qit’asidagi O’rta Er dengizi va Qora dengiz ichki dengizlarga misol bo’la oladi. Ular Atlantika okeanidan Gibraltar bo’g’ozi bilan ajratilgan.

Yana bir misol tariqasida Baltika dengizini keltirish mumkin. U Atlantika oke-anidan Skagerrak va Kattegat bo’g’ozlari bilan ajratilgan. Materik l arni o’rab turadigan dengizlar aslida ulkan ko’rfazlardir. Oq, Sariq va Oxota dengizlari bunga misol bo’la oladi.

Kaspiy va Orol singari ulkan ko’llar ham dengiz deb ataladi.

Xaritada okean dengizlari ham bor. Ular okeanlarning orollar bilan chegaralangan bo’laklaridir. Hind okeanidagi Andaman dengizi, Atlantika okeanidagi Sargass dengizi shular jumlasidandir.

Atlantika okeani Evropa va Afrikaning garbiy sohillaridan Amerikaning sharqiy sohillarigacha bo’lgan hududda yastanib yotadi.

Tinch okeani Shimoliy va Janubiy Amerikaning g’arbiy sohillaridan Osiyo sohillarigacha bo’lgan maydonni egallaydi.

Hind okeani Afrikaning sharqiy, Avstraliyaning garbiy va Osiyoning janubiy qirg’oqlari orasida joylashgan.

Amerika va Evropaning shimoliy sohillarida Shimoliy Muz okeani bor.

Agar globusga sinchiklab qarasangiz, barcha okeanlarni ko’rasiz.

Related posts

Leave a Comment