NUTQ MADANIYATI

NUTQ MADANIYATI

NUTQ MADANIYATI

NUTQ MADANIYATI

NUTQ MADANIYATI Bor ekan-da yo‘q ekan, maktabda o’qiydigan bir bola bor ekan. U geografiyani juda yaxshi ko‘rar va chiroyli gapirishni ham qoyil qilaman, deb o‘ylab yurar ekan.

Bir darsda geografiya o‘qituvchisi uni o‘rtaga chaqirib, Afrika to‘g‘risida so’zlab berishni taklif qildi. Boia jo‘sh urib gap boshlaydi:

«Afrika, bu — demak, Yer yuzidagi eng katta qit’alardan biri. U yerda, demak, o‘tib bolmaydigan darajada zich oYmonlar o’sadi va shu o’rmonlarda eng bahaybat fillar, terisi eng qalin karkidonlar, eng xavfli arslonlar yashaydi. Demak, Afrikada eng yirik daryolar oqadi…»

0‘qituvchi uni oxirigacha diqqat bilan tinglab, so‘ng sekin dedi: «Sen predmetni a’lo bilasan. Geografiyani yaxshi ko’rishing sezilib turibdi. Biroq o‘z nutqingga juda befarq qaraysan.

Har ikki so’zning birida «demak» deb takrorlaysan. Aftidan sen «eng bahaybat fil», «terisi eng qalin karkidon» deyilsa, tinglovchi uchun hamma narsa aslidan ko’ra aniqroq va ravshanroq boladi, deb o’ylaysan shekilli.

Bu noto‘g‘ri, agar sen o‘z nutqingga yaxshiroq ahamiyat bersang, sening javobing yana ham yaxshiroq chiqqan bo‘lardi».

Balki siz hayron bolarsiz, biroq bu muloyim tanbeh bolaga jiddiy ta’sirqildi. «Eng..», «juda…»lardan osonroq qutuldi-yu, biroq «demak»dan qutulish uchun ancha ter to’kishga to‘g‘ri keldi.

Shunga qaramay, bola nutqini bu ortiqcha so‘zlardan tamomila tozalamaguncha tinchimadi. Vaqt o‘tib, bola ulg’aydi, olim va yozuvchi bo‘ldi.

Endilikda uni yaxshi notiq sifatida maqtab tilga oladilar, shunda u har safar o‘ziga «nutq madaniyati» nimaligini va u insonga nima uchun kerak bo’lishini birinchi marta o’rgatgan geografiya o‘qituvchisini eslaydi.

«Mana bu odam chiroyli, sof, aniq, to‘g‘ri gapiradi. Bir so‘z bilan aytganda, madaniyatli so‘zlashadi», degan e’tiborga loyiq bo‘lish uchun nimalarga ahamiyat berish lozim.

«Nutq madaniyati» tushunchasi ko‘p narsalarni o‘z ichiga oladi. Albatta, nutqdagi «demak», «shunday qilib», «innaykeyin», «haligi» kabi so‘zlarni keragidan ortiq ishlatmaslik lozim.

Kitoblarni ko‘p va diqqat bilan o‘qing. Uyda, iloji boricha, qandaydir lug‘atdan, masalan, «0‘zbek tilining izohli lug‘ati»dan tez-tez foydalaning, biron-bir yangi so‘zni eshitganingizda uning adabiy tilda ishlatilishi yoki ishlatilmasligini, ma’nosi qanday- ligini va qanday talaffuz etilishini tekshirib ko’ring.

Добавить комментарий