NEFT

NEFT HAQIDA

NEFT

NEFT Kishilar neftni qadimdan bilishgan. Suv olish uchun quduq qazilganda yer tagidan suv o’rniga o‘tkir hidli qora rangdagi moysimon suyuqlik chiqqan vaqtlar ham bo’lgan.

Bu qora moy o‘ziga xos xususiyatga ega bo’lib, yaxshi yongan (u bilan birga chiqadigan gaz kabi). Neft chiroqlarga solinadigan, o‘q otar qurollarning kanop losi shimdiriladigan.

g‘ildirak 0‘qlariga suriladigan boldi. Undan turli kasalliklarni davolovchi surkaydigan dorilartayyorlandi.

Lekin ichki yonuv dvigatellari kashf etilgunga qadar neftga bolgan ehtiyoj unchalik katta emas edi. 19-asr o‘rtalarida neftdan kerosin ajratib olindi. Kerosin chiroqlarni yoritishda ko’plab ishlatila boshlandi.

Kerosinr ajratib olish jarayonida ajralib chiqayotgar benzinni esa keraksiz deb dengizga oqizid yuborilardi.

Endilikda esa bunday emas.

Ularning dvigatellari, pech va o’txonalari neftdan olinadigan benzin, kerosin, mazut va boshqa xil suyuq yoqilg’ilarda ishlaydi.

Sirpanuvchi va aylanuvchi qismlari doimo moylab turishni talab etadigan mashina va mexanizmlar ham neftga muhtoj. Bu moylar ham neftdan olinadi.

Neftni kimyo korxonalari ham talab etadi. Bu korxonalarda neftdan sintetik kauchuk, elastik tolalar, plastmassalar, bo‘yoqlar, portlovchi moddalar va dorilar ishlab chiqariladi.

Olimlar neft uglevodlar, oltingugurt, azot va kisloroddan tashkil topganligini aniqlaganlar.

Neft yer ostiga juda chuqur joylashgan. Neftni chiqarib olish uchun bir necha kilometr chuqurlikda parmalab quduq qazish kerak.

Neft yer qa’rida atrofidagi gazlar bilan birgalikda juda katta bosim ostida bo’ladi. Shuning uchun neft parmalab qazib bo‘lingan quduqdan yuqoriga otilib chiqadi.

Neft quduqlardan quvurlar orqali omborlarga jo’natiladi, u yerdan esa temir yo‘l sisternalariga quyiladi, okean va dengizlar orqali ulkan neft kemalari — tankerlarda tashiladi. Ammo, eng yaxshisi neftni yer va suv ostidan o‘tgan neft quvurlari orqali kerakli manzillarga yetkazgan ma’qul.

Ilgari 0‘zbekistonda ishlab chiqarilgan neft mahsulotlari respublika ehtiyoji uchun yetarli emas edi. So’nggi yillarda respublikada neft mustaqilligini ta’minlash yo‘lida katta ishlar qilindi.

Hozir 0‘zbekistonda Shimoliy 0‘rtabuloq (Buxoro viloyati), Ko‘kdumaloq (Qashqadaryo viloyati), Mirshodi (Surxondaryo viloyati), va boshqa neft konlarida Respublikamiz ehtiyojini to‘la qoplaydigan darajada neft mahsulotlari ishlab chiqarmoqda.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика