MUSIQA HAQIDA

MUSIQA HAQIDA HAQIDA

MUSIQA HAQIDA

MUSIQA HAQIDA Qadim zamonlarda Ona zaminimizda bir odil, xalqparvar podsho o’tgan ekan.

U 40 yil podsholik qilib, Vatanni gullatib, odamlar hayotini farovon aylagan ekan.

Lekin baxtga qarshi, podshoning farzandlari botmagan ekan. Umri oxirlab, o‘lim to‘shagida yotgan podsho quyidagi vasiyatni qoldiribdi:

«Men olamdan ko‘z yumgan kunim, saroyga aynan shu kun tug‘ilgan 40 ta chaqaloq keltirilsin. Bular baravariga yig‘lay boshlaganlarida eng mashhur hofiz-u sozandalarimiz eng mashhur xalq kuylarimizdan birini baralla ijro etishsin.

Ana shunda — musiqamizning ilk sadolarini eshitib birinchi yupangan, ya’ni yig‘isini to’xtatgan bola mening o’rnimga podsho bo‘ladi!» Qarangki, ota- bobolarimiz musiqani anglash, idrok etish qobiliyatiga ega bo‘lgan go’dakka davlatni ham boshqarishni ishonish mumkinligini targ‘ib etib kelganlar ekan. Bunga yaqin rivoyat-u afsonalar o‘zga xalqiarda ham uchraydi.

Masalan, yunonlarda qo’shiqchi Orfey haqida afsona mavjud. Unda aytilishicha, yoy va qilich ojizlik qilgan, kuch va jasorat yordam bera olmagan hollarda Orfey qo’shiqlari yordamga kelgan.

Orfey sozni qo’liga olib, uning voqimli ohangi jo’rligida qo’shiq aytganida mo’jizalar mo’jizasi ro‘y bergan — musiqadan sehrlanib shamol yaproqlarni hilpiralishni to‘xtatgan, uzoqdagi qoyalar qo‘shiq tomon siljigan, dengiz tinchib qolgan, yovvoyi hayvonlar uyalaridan chiqib, ajoyib qo’shiqchi ortidan ergashgan. 0‘tmishdayoq musiqaning qudrati shunday tan,olingan.

Inson hayotida musiqa muhim o‘rin egallaydi. Musiqa insonning ichki dunyosi- ni shakllantiradi, voqea-hodisalarni to‘g‘ri baholashga yordam beradi, didni tarbiyalaydi.

Musiqa eng yuksak tuyg’ular va eng nozik kechinmalarni ifocfalaydi. Musiqani yoqtirmagan kishi borligini tasavvur qilish qiyin. Faqat musiqani har xil — yuzaki yoki chuqur tushunish mumkin.

Musiqaning o‘zi ham turlicha bo’ladi — jiddiy va yengil. Lekin bu jiddiy musiqa yaxshi-yu, yengil musiqa yomon, degan ma’noni bildirmaydi.

Ayrim musiqalarm tinglash ham. tushunish ham oson. Qo’shiq, raqs kuylari, estrada musiqalari shular jumlasiga kiradi. Bunday musiqa kishi kayfiyatini ko’taradi, oson esda qoladi.

Boshqa biriari esa ancha murakkab bo’ladi.
Bu musiqalarni tushunishni o’rganish kerak va tushuna bilish lozim.

Musiqa bilan tanishish uchun kishi o’zini asta- sekin tayyorlab borishi: kompozitor va uning davri haqida ma’lumotga ega bo’lishi. qaysi adabiy asarga musiqa yaratilgan bo Isa, o sha adabiy asarm o qishi lozim.

Eng muhimi. bolalikdan u qadar murakkab bo lmagan asarlarm tinglashga odatlamb borilsa. keyinchalik maqom va katta ashula yoki opera va baletlar, xor. yakka cholg’u asboblar. turli ansambl yoki orkestrlar uchun yaratilgan asarlarni tushumsh oson bo’ladi.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика