MOMAQALDIROQ HAQIDA

MOMAQALDIROQ HAQIDA HAQIDA

MOMAQALDIROQ HAQIDA

MOMAQALDIROQ NIMA?
Bahorgi jalalar, odatda, momaqaldiroq bilan birga keladi. Momaqaldiroq so’zining o’zi meteorologii hodisalarning butun bir kompleksini anglatadi. Ulardan hammamiz biladiganlarimiz chaqmoq va guldirakdir.

Chaqmoq do’shni bulutlar o’rtasida yoki bulut bilan er o’rtasida chaqadigan ulkan elektr uchkunidir. Elektrsizlanish (razryad) vaqtida tor kanaldagi havoni qizdiradigan katta miqdordagi energiya ajralib chiqadi.

Tor kanal elektr razryadining tar- qalish yo’lidir. Havo tez qizishi natijasida shiddat bilan kengayadi va zarba to’lqini paydo bo’ladi. Bu to’lqin gumburlagan tovush hosil qiladi.

Yashinning elektrsizlanishi, mabodo, kuzatuvchi uning yaqinida turgan bo’lsa, momaqaldiroqning quloqni qomatga keltiruvchi yakkayu yagona zarbasini eshitadi.

Uzoqlashib borayotgan chaqmoqning esa uzoq gumburlashi eshitilib turadi. Tovushning asosiy zarbadan so’nggi takrorlanishi uning er yuzasidagi o’ydimchuqurliklar, binolar, o’rmon chegaralari, bulutlar va hk.dan qaytadigan akssadolaridir.

Yashin urishi noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. Uning talofat etkazish qudrati issiqlik energiyasi ajralib chiqishi bilan bog’lid.

Uning ta’sirida daraxtlar sinishi, uylar, minoralar er bilan yakson bo’lishi mumkin. Yagrin. urishining oldini olish maqsadida ko’p qavatli uylar va inshoatlarga tokni erga o’tkazib yuboruvchi metall tayoqcha — yashin qaytargich o’rnatiladi.

Yashin qaytargich deyish ham unchalik to’gri emas, negaki, u yashinni qaytarmaydi, aksincha, erga o’tkazib yuboradi va shu bilan imoratlarni uning zarbasidan himoya qiladi.

Oddiy to’g’ri chiziqli (yoki ilonizi) yashindan tanhari, ba’zida sharsimon yashinolov shari ham paydo bo’lib turadi. Bu shar Er yuzasidan uncha baland bo’lmagan havoda suzib yuradi va qattiq predmet bilan to’qnashganda, portlaydi.

Momaqaldiroq, osmonni to’p-to’p yomg’ir bulutlari qoplab olganda kuzatiladi. Ular bonha bulutlardan o’ziga xos shakli (ular tik holda juda cho’zilib ketgan bo’ladi, ustki qismi esa temirchining sandonini eslatadi) hamda qoramtir tusdaligi bilan ajralab turadi.

Havo bunday bulutlar ichidan shiddat bilan yuqoriga ko’tarilayotib, yomg’ir tomchilarini ham o’ziga tortadi va elektr zaryadlari hosil bo’lishi uchun zarur sharoit tug’dirib beradi va nihoyat yashin turadi.

Har daqiqada Er sharining turli burchaklarida ikki mingga yaqin yashin turayotgan bo’ladi. Quruqlik ustida yozda (bahorda), suvliklar ustida esa qishda ko’proq yashin turadi.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика