METALLAR HAQIDA

METALLAR HAQIDA

METALLAR HAQIDA

METALLAR HAQIDA


METALLAR HAQIDA Metalldan ishlangan buyumlarni hamma joyda uchratish mumkin. Temir mix, misqozon, alyuminiy qoshiq, kumush idish…

Zavodlardagi stanoklar, elektr simlari, temir yo‘l izlari va elektr uzatish ustunlari metallardan yasalgan. Zamonaviy samolyotlar- ning turli qismlari o‘ttizdan ortiq har xil metalldan tayyorlanadi.

Metallarning umumiy xossasi bor: ular, odatda, qattiq moddalar bo’lib, alohida, «metallga o‘xshash» yaltiroqlikka ega va elektr tokini o‘tkazadi. Lekin ular ba’zi bir istisnolardan xoli emas.

Masalan, suyuq metallar ham bor. Ulardan birini siz o‘zingiz bilsangiz kerak, bu — simob (simobni ko’rish uchun termometrni sindirib o’tirishning hojati yo‘q). Boshqa suyuq metall — galliy. Bu — Yer qobig’ida juda kam uchraydigan metall.

Qo‘rg‘oshin simni eritish oson, lekin vol- fram yoki tantal kabi metallarni eritish uchun juda yuqori harorat — bir necha ming daraja issiqlik talab etiladi.

Yengil va og‘ir metallar ham mavjud. Litiy metalidan ishlangan kubik yengil bo’lib, hatto suv betida qalqib yuradi, qo‘rg‘oshin esa og‘ir metallarga kiradi.

Ba’zi metallar kimyoviy reaksiyalarga juda yaxshi kirishadi. Masalan, natriy va kaliy suv bilan shiddatli reaksiyaga kiri- shadi. Agar tegishli ehtiyot choralari ko’rilmasa, portlash ham yuz berishi mumkin.

Oltin bilan platina kimyoviy ta’sirlarga nihoyatda chidamli metallardandir. Shu sababli ulardan ba’zi bir murakkab kimyoviy tajribalar uchun idishlar yasaladi.

Yer qobig‘ida 70 ga yaqin metall bor. Ulardan eng ko‘p tarqalganlari alyuminiy va temir (ular milliard-milliard tonna)dir. Shunday metallar borki, ularning «zaxirasi» bor-yo‘g‘i grammlar miqdorida, masalan, astat va fransiy shular jumlasidandir.

Hozir deyarli barcha metallar ba’zan toza holda, ba’zan qotishma holida amalda qo’llaniladi.
Eng zahmatkash metall — temir.

U po‘lat tarkibiga kiradi (po’lat — temirning uglerod va ba’zi metallar bilan bo’lgan birikmasi). Mis va alyuminiy simlardan elektr toki yuradi. Alyuminiydan ishlangan yengil qanotlarda reaktiv laynerlar uchadi.

Kosmik uchishlar uchun alyuminiy yaramaydi, chunki u yetarli miqdorda o’tga chidamli emas. Bu o‘rinda titandan foydalaniladi.

Elektr chiroqlaridagi yonib turadigan toladek ingichka sim volfram va uning qotishmalaridan ishlangan.Germaniy metali tranzistorli priyomniklar detallarini yasashda juda muhim ahamiyatga ega.

Jahonda yil sayin ko‘plab atom elektr stansiyalari qurilmoqda. Atom elektr stansiyalari quvvatni uran elementidan oladi. Uran ham metalldir.

Добавить комментарий