MATEMATIKA HAQIDA

MATEMATIKA HAQIDA

MATEMATIKA HAQIDA

MATEMATIKA HAQIDA Bolaning tili chiqar-chiqmas undan «Yoshing nechada», — deb so‘rashadi.

U barmoqlarini yozib ko‘rsatadi. Uning matematika (bu yerda arifmetika) bilan tanishuvi shu tariqa yuz beradi va butun hayoti mobaynida matematika uni tark etmaydi.

Ba’zan o‘quvchilar: «Menga matematikaning hojati yo‘q, men ona tili o‘qituvchisi, vrach yoki artist, yoxud rassom bo‘laman», — deyishadi. Biroq ular nohaqligi shubhasiz.

Kimda-kim bolaligidan matematika bilan shug’ullansa, u aqlini o‘stiradi va diqqatini rivojlantiradi, ko’zlagan maqsadiga yetish uchun o’zida iroda va qat iyatni tarbiyalaydi. Shu sababli, matematika o‘qituvchiga ham, vrachga ham, artistga ham, rassomga ham zarur.

Qadimgi yunonlar davridan ma’lumki, matematika bilan shug‘ullanish to‘g‘ri va izchil fikrlashga, mulohaza yuritishga o‘rgatadi. Matematika insonga tevaragimizni o’rab turgan raqamlar va shakllarning o‘ziga xos dunyosini ochib beradi.

Inson faoliyatining biror sohasi yo’qki, unda narsalarni kerakli tartibda guruhlash, qayta sanash, ularning olchamlarini, shaklini topish, bir-biriga nisbatan holatini aniqlashga ehtiyoj sezilmaydigan bo‘lsin. Ammo oddiy hisob va o‘lchov hali matematika bo’la olmaydi.

Matematika bizni ortiqcha qayta-qayta sanashlardan xalos etadi, ma’lum narsa yordamida ilgari noma’lum bolgan narsalarni topishimizga yordam beradi.

Mana, oddiy bir misol: bir boglamda 20 ta kitob bor, kitob omborida bunday bog‘lamlardan 150 tasi taxlab qo‘yilgan. Bog’lamlarni yechib, kitoblarni birma-bir sanab chiqishga hojat yo‘q. Ko’paytirish ama- li omborda 20X150 = 3000 ta kitob borligini ko’rsatadi.

Ba’zan matematikadan uzoq bo’lib tuyuladigan masala matematik kashfiyotga olib keladi. Masalan, 360 yil muqaddam yashagan ajoyib olim I. Kepler kunlarning birida vinofurushlar turli-tuman shakllardagi vino bochqalarining sig‘imini qanday aniqlayotganliklari bilan qiziqib qoladi.

Ular bochkadagi teshikdan bochka tagidagi eng olis nuqtagacha bo‘lgan masofani yog‘och bilan olchashmoqda edi.

Savdogarlar bu ishni qanday uddalayotganliklarini mulohaza qilib ko‘rib, Kepler bochka, limon, olma, behi shaklidagi jismlarning hajmini hisoblash uchun matematik formulalar topdi.

Bu esa boshqa olimlarning keyinchalik yangi matematik fan — integral hisobni ishlab chiqishiga yordam berdi-ki, hozir bu fansiz muhandislar ham, fiziklar ham biron ish qilolmaydilar.

Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida narsalarni sanash arifmetikaning

eng sodda tushunchalarini vujudga keltirdi. Og‘zaki sanoq tizimi asosida yozma sanoq tizimi paydo bo‘ldi. Turli o‘lchashlarga bolgan ehtiyoj natijasida kasr sonlar, eng sodda tenglamalar qo‘llana boshladi.

Yuza va hajmlarni o‘lchash, qurilish ishlari eng oddiy geometrik tushunchalarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.

Ayniqsa, qadimgi Misr va Bobilda arifmetika, geometriya fan sifatida shakllana boshladi, algebra va geometriyaga oid ma’lumotlar to’plana bordi.

Qadimgi Yunonistonda mantiqiy tartibga solingan matematik bilimlar paydo bo‘la boshladi. Bu yerda matematika taraqqiyoti allomalar Fales (miloddan avvalgi 7-6- asrlar) va Pifagor (miloddan avvalgi 6-asr) nomlari bilan bog’liq.

Matematika qadimgi Xitoy va Hindistonda ham rivojlandi. 0‘rta asrlarda Yevropada fan, jumladan, matematika inqirozga uchradi, Sharqda esa, aksincha, taraqqiy eta boshladi.

9-asrdan boshlab Sharq matematiklari matematik-astronomik jadvallar tuzish, algebra, geometriya, trigonometriya sohasida muhim yutuqlarga erishadilar.

Buyuk o’zbek olimi al-Xorazmiyning «AI-jabr val-muqobala» asari algebra faniga asos bo‘ldi. Abu Rayhon Beruniy, Ibn al-Xaysam, Umar Xayyom, Mirzo Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Koshiy va boshqalar matematika taraqqiyotiga katta hissa qo’shdilar.

Matematika fan sifatida hech qachon bir yerda to‘xtab turgan emas. Hayot, tajriba, rivojlanayotgan texnika va boshqa fanlar uning oldiga tobora yangi vazifalar qo’ymoqda.

Ularni yechish uchun eski bilimlar kamlik qila- di, shuning uchun matematik olimlar yangi asullarni kashf etishlari, yangi nazariyalarni yaratishlariga to‘g‘ri keladi.

Hozirgi vaqtda esa ko’plab g‘oyat murakkab matematik hisoblarni inson o’rniga mashinalar bajarmoqda. Matematika ob-havoni oldindan aytib berish, ko‘priklarning texnik imkoniyatlarini, binolarning gumbazlarini, yo’ldoshlarning orbitalarini hisoblab chiqishga yordam beradi.

Endi matematikaga oddiygina ta’rif beradigan bo’lsak, matematika — raqamlar va shakllar haqidagi fan, ilmiy qilib aytadigan bo‘lsak, matematika — sonli munosabatlar va fazoviy shakllar haqidagi fan.

Matematika shartli ‘ ravishda elementar matematika (arifmetika, algebra, geometriya, trigonometriya), oliy matematika va amaliy matematikaga bo’Iinadi.

— Maktab o’quvchisi oladigan ma’lumot va malakalar matematikaning alifbosi, xolos. Biroq hiaktabda olingan matematik masalalar — arifmetika, geometriya va algebra orqali qudratli va qiziqaiii matematika fanining ul-kan, deyarli ko‘z ilg’amas soKalari sari boriladi.

Related posts

Leave a Comment