MASHINA HAQIDA

MASHINA HAQIDA HAQIDA

MASHINA HAQIDA

MASHINA HAQIDA Biz samolyot va ko‘tarish kranini, kombayn va to’quv stanogini, chang yutgich (pilesos) va kichkinagina elektr ustarani mashina deb ataymiz. Hatto, siz yaqindagina haydab yurgan uch g’ildirakli velosiped va pedalli avtomobil ham mashinadir.

Nima uchun ana shunday xilma-xil qurilmalar bitta umumiy nom — «mashina» so‘zi bilan ataladi (lotincha «machina» — mashina so’zidan)? Avvalo shuning uchunki, ularning hammasi inson uchun foydali qandaydir bir ishni bajaradi yoki energiyani bir turdan ikkinchi turga aylantiradi. Bunda asosiy ish operatsiyasini mashinaning o‘zi bajaradi, inson esa uni faqat boshqaradi.

Bajariladigan ish turiga qarab, mashinalar turlicha bo’lishi mumkin: energetik mashina (bug‘ turbinasi, ichki yonuv dvigateli, elektr dvigatel, elektr generator), transport mashinasi (avtomobil, velosiped, vertolyot, elektrovoz, teploxod), texnologik mashina; ular mashina-qurollar yoki ish mashinalari ham deb ataladi (ko‘tarish krani, metallga ishlov berish stanogi, seyalka, yozuv mashinkasi), axborot mashinasi (oddiy arifmometrdan tortib zamonaviy elektron hisoblash mashinalarigacha).

Ishlab turgan tokarlik stanogiga bir nazar tashlaylik. Unda detalga o’tkir keskich bilan ishlov beriladi. Stanokning detal va keskich mahkamlanadigan moslamalari (shpindel va support) uning ish organidir.

Tikuv mashinasida chokni uning mokisi bilan naychasi va ip o‘tkaziladigan oyoqchasi hosil qiladi. Ana shular tikuv mashinasining ish organlaridir.

Ekskavatorning ish organi uning yer kovlaydigan ulkan kovshidir. Yerda quduq qaziydigan mashinalarning ish organi esa burg‘idan iborat.

Yo’lovchilar va har xil yuklar transport mashinalarida tashiladi. Ularning «ishi» yurish, suzish va uchishdan iborat. Bunday mashinalarning ish organiari yuritgich deb ataladi, chunki ular mashinalarning harakat qilishiga yordam beradi.

Avtomobil va teplovozda yuritgich ularning g’ildiraklari, samolyotda — havo vinti yoki reaktiv dvigatellarning soplosi, kemalarda esa eshkak vintlardir.

Shunday qilib, ish organi, dvigatel va undan ish organiga harakat uzatuvchi mexanizmi bo‘lgan har qanday qurilma mashina deb ataladi.

Xo’sh, bu holda velosiped yoki tikuv mashinasi nima bo’ladi? Biz ularni ham mashina deb atadik, lekin mexanizmlar yordamida oddiy velosipedda va qo‘l tikuv mashinasida dvigatel bo‘lmaydi-ku? Gap shundaki, insonning o‘zi mexanizmlar yordamida mashinani harakatga keltirishi, ya’ni uning dvigateli vazifasini bajarishi ham mumkin ekan.

Dvigatellar har xil bo‘ladi: shamol dvigatellari, suv dvigatellari, bug‘ dvigatellari, elektr dvigatellar. Shuni ham aytish kerakki, dvigatellar ham o‘ziga yarasha mashinadir.

Ular energetik mashinalar deb ataladi, chunki bunday mashinalarning ishi energiyaning biror turini boshqa turdagi energiyaga aylantirishdan iborat.

Masalan, elektr dvigatelga simlar orqali elektr toki keladi, dvigatel esa stanokni harakatga keltiradi. Shunday qilib, unda elektr energiyasi mexanik energiyaga, ya’ni harakatga aylanadi.

Bulardan tashqari axborot mashinalari ham mavjud. Ular bizga sanash, hisoblash, ma’lumot to’plash yoki axborot yig’ish, kor- xona, viloyat yoki butun mamlakat xo’jaligini boshqarishda yordam beradi.

Fan, texnika va turmushning barcha sohalarida mashina insonning eng ishonchli yordamchisi bo‘lib qoldi.

Mashinalar bizni olib yuradi, yukimizni tashiydi, biz uchun eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari va kiyimlar tayyorlaydi, kirimizni yuvadi, ovqat pishiradi va hatto idish-tovoqlarni yuvib beradi. Insonning mehnat va turmush sharoitlari qulayligi mashinalarning miqdoriga va ularning texnik mukammalligiga bog‘liq.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика