KONSTITUTSIYA HAQIDA

KONSTITUTSIYA HAQIDA HAQIDA

KONSTITUTSIYA HAQIDA

KONSTITUTSIYA HAQIDA Har bir mustaqil davlatning o‘z Asosiy Qonuni bor, u Konstitutsiya deb ataladi. «Konstitutsiya» lotincha so‘z bolib, qonun, qoida, qaror, nizom ma’nolarini bildiradi.

0‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchi ekanligi alohida ta’kidlangan. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.

Konstitutsiyamiz e’lon qilinganidan beri o‘tgan davr mobaynida yurtimizda uikan o’zgarishlar boldi.

Milliy mustaqil davlat poydevori yaratildi. Ko‘p partiyalar ishtirok etgan saylovlar asosida Oliy Majlis deputatlari va 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylandi.

Iqtisodiyot, ijtimoiyot, ta’lim, fan, madaniyat, ma’rifat, adliya, huquq sohalariga oid uch yuzdan ortiq qonun e’lon qilindi, bular hammasi Konstitutsiyamiz negizida ishlab chiqildi.

Har qanday demokratik davlatda qonun hamma narsadan yuqori turadi, yetti yashardan yetmish yashargacha barcha kishilar qonunga rioya qilib yashashi, ishlashi, o‘z hayotini qurishi shart.

Shunday ekan, har bir fuqaro, ayniqsa, yoshlar qonunlar qonuni — Konstitutsiyani, uning har bir moddasini puxta o’rganishi, bilishi, amalga oshirishga harakat qilishi zarur.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — mustaqillik asosidir, zero u boshdanoyoq mustaqillik g’oyasi bilan sug’orilgan.

KOREYA
Maydoni -222000 kvadrat kilometr.

Aholisi — 68500000 kishi.

Moviy kollari va daryolarining betakror go‘zal manzarasi, Koreya qarag’ayining nafis yam-yashilligi tufayli uni qadimdan Tonggi musaffolik mamlakati deb atashadi.

Bu mamlakat Janubi-Sharqiy Osiyodagi Koreya yarim orolida joylashgan. Uning sohillarini Yapon va Sariq dengizlar yuvib turadi. Mamlakat territoriyasining katta qismini toglar egallagan.

Tog‘lardan ko’plab foydali qazilmalar olinadi.
Koreya o’rmonlarida Dauriya tilog’ochi, Koreya kedri, Sayan qora qarag‘ayi, Manjuriya va Amur arg’uvon daraxti o’sadi.

O’rmonlarda yo’lbars, qoplon, silovsin, to‘ng‘iz yashaydi.

Koreyslar sholi, makkajo‘xori, dukkakli ekinlar, arpa, sabzavot, meva, uzum yetish- tirishadi.

Ammo uzoq yillar davomida Koreya boyliklaridan uning xalqi mahrum bo’lib kelgan. Bu boyliklarni chet el bosqinchilari talon-toroj qilishgan.

1945-yili Koreya yapon bosqinchilaridan ozod qilindi va xalqning xohish-irodasiga hilof ravishda 2 ga bo’linib qoldi.

Koreya yarim orolining shimoliy qismida 1948-yili Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) barpo etildi. Uning poytaxti — Pxenyan shahri. Yarim orolning janubiy qismida esa Koreya Respublikasi mavjud. Uning poytaxti — Seul shahri.

Koreya — qadimiy madaniyat o’lkasi. Koreyslar kitob bosish uchun metall harflar kashf etishgan, o‘z alifbolarini yaratishgan.

Koreyslarning chinni, lok, kumushdan ishlangan buyumlari, nafis kashtalari mashhurdir.
Koreyadagi binolarning ko’pchiligi milliy me’morlik xususiyatlarini saqlab qolgan.

Qadimiy koreys uy-joylarida bo’lganidek, zamonaviy uylarning ko’pida isitish quvurlari polning tagida joylashgan. Koreyslar, odatda, shundoqqina issiq pol ustida ovqatlanishadi, ishlashadi va uxlashadi.

0‘zbekiston bilan Koreya Respublikasi o’rtasida yaxshi iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatilgan, Asakadagi avtomobil zavodi uning yordamida qurildi va «Neksiya», «Damas», «Tiko» yengil mashinalari ishlab chiqarilmoqda.

Koreya Respublikasi to’qimachilik, ro‘zg‘or buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalar qurishda ham mamlakatimizga yordam bermoqda. 0‘zbekiston Respublikasi Koreya Respublikasi va KXDR bilan 1992-yilda diplomatiya munosabatlarini o‘rnatgan.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика