KOCHKI HAQIDA

KOCHKI HAQIDA

KOCHKI HAQIDA

KOCHKI HAQIDA QOR KO’CHISHIGA NIMA SABAB BO’LADI?

Tog’dan pastga siljiyotgan qor massasi ko’chki deb ataladi. Tog’da qor to’satdan ko’chadi. Negaki, qorning ostki qismy o’z og’irligiga dosh berolmay yoki temperatura 0 darajaga etganda, eriy boshlaydi.

Osti erigan qor qiyalik bo’ylab pastga siljiy boradi. Ammo ko’chgunga qadar u juda omonat bo’lib qoladi. Ko’chki boshlanishi uchun kimningdir aks-sado beradigan qichqirig’i yoki qor ustidan hayvonlarning yurib o’tishi kifoya.

Tog’ qanchalik tik bo’lsa, ko’chki xavfi shuncha yuqori bo’ladi.

Har yili tog’ yonbag’irlarida yashovchi kishilar orasida ko’chki qurbonlari uchrab turadi. Ko’chki shu qadar tez harakat qiladiki, undan qochib qutulish amri mahol.

Ko’pincha ko’chki o’zi bilan birga tuproq, toshlarni ham olib keladi, yo’lida uchragan daraxtlarni ag’darib tashlaydi. Ulkan qor, tuprsh va tosh massasi ko’p vayronagarchiliklar keltiradi.

Agar ko’chki yangi yoqqan yumshoq qordan iborat bo’lsa, u qor ko’chkisi deb ataladi. Bunday ko’chkiga tushib qolgan odamni qor massasi ezib, mayib qilishi mumkin.

Ko’chki ostida qolgan kishilarni qutqarishda itlar katta yordam beradi. Ular qalin qor ostida qolib ketgan odamning hidini biladi, uni qazib o lishi ham mumkin.

Ba’zan bahor kunlarida qorning katta bir bo’lagi o’pirilib, pastga ko’chishi mumkin. Bunday hodisa o’pirilish deyiladi.

Ko’chkilar xavfini kamaytirishning bir necha usullari bor:

1. Odamlar erni mustahkamlash va qorning joyidan siljishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida daraxt ekadi.

2. Ko’chki yo’nalishini zarar keltirmaydigan tomonga burib yuborish uchun choh qaziladi va kutarma joylar bunyod etiladi.

3. Eng xavfli joylarga po’lat qoziqlar qoqiladi.

Related posts

Leave a Comment