KARTOSHKA HAQIDA

KARTOSHKA HAQIDA HAQIDA

KARTOSHKA HAQIDA

KARTOSHKA HAQIDA Kartoshkaning asl vatani — Janubiy Amerika. Uni Janubiy Amerikani bosib olgan ispanlar 16-asrda (1565-yilda) Yevropaga olib kelganlar.

Kartoshka 18-asr boshlarida Rossiyaga tarqaladi. Yevropaliklar bu o’lkadan talab olingan oltinlar va boshqa qimmatbaho buyumlar bilan birga o‘sha davrgacha noma’lum bo’lgan allaqanday o’simlik tugunaklarini ham yelkanli kemalarda olib kelganlar.

Uzoq vaqtgacha uni noyob deb hisoblab, undan tayyorlangan taomlar tansiq ovqat sifatida badavlat oilalarda ziyofat chog’idagina tortilgan.

0‘zbekistonda kartoshka 19-asrning o’rtalaridan ekila boshladi. Bu yerda ham u dastlab yaxshi qabul qilinmadi. Lekin bug‘doy bolmagan yillari, boshqa joylarda bo‘lgani kabi, 0‘zbekistonda ham bu beor va serhosil o‘simlik asqotdi.

Endilikda kartoshka jahonda eng keng tarqalgan ekin hisoblanadi. U 130 dan ortiq mamlakatda bir necha mil- lion gektar maydonga ekiladi.

Kartoshka ancha to’yimli ovqat bo’lishi bilan birga bug’doy, makkajo’xori yoki sholi singari asosiy ekinlarning har biridan ko‘ra tezroq hosil beradi va uncha joy tanlamaydi.

U Gollandiyada dambalar ortidagi dengiz sathidan past joylarda ham, Himolay toglaridagi 4 ming metrdan balandroq sovuq joylarda ham bemalol o‘saveradi.

Kartoshkadan xilma-xil taomlar va garnirlar tayyorlanadi. Uni butunligicha po’sti bilan suvda pishirib yoki har xil shaklda to‘g‘rab qovurib yeyish mumkin.

Ayniqsa qo’rda ko’mib pishirilgani juda mazali bo’ladi. Kartoshkadan faqat ovqat sifatida foydalanilmaydi, u chorva uchun to’yimli ozuqa hisoblanadi. Sanoatda kartoshkadan kraxmal, spirt, bo‘yoqlar olinadi.

KASALLIK VA DORILAR
Jazirama issiq kuni haroratingizni olchab ko‘ringchi. Termometr 36,6 darajani ko’rsatadi. Endi qahraton qishda, ko’chadan sovqotib kelganingizda ham shu tajribani qaytarib ko’ring.

Termometr yana o‘sha raqamni ko’rsatadi.
Siz soglomligingizda, gavda haroratingiz birxil bolib, u o’zgarmaydi. Odamning biroz tobi qochsa, harorati ko‘tariladi yoki pasayadi.

Mana shuning uchun boshingiz, qorningiz yoki tomog’ingiz og‘ridimi, vrach, eng avvalo termometr qo‘yadi. Kasal bolganingizdan organizmingiz yana boshqa yo’llar bilan ham darak beradi.

Masalan, siz ovqatlangani o’tirdingiz, biroq ishtahangiz yo‘q. Og’zingiz ham karash. Kechqurun o’ringa yotdingiz, lekin uyqungiz qayoqqadir qochib ketadi. Goh qizib, goh soviysiz. Erta bilan turish kerak, hech o’rningizdan tura olmaysiz, hamma yog’ingiz zirqirab og’riyapti.

Kasalliklarning turi ko‘p (masalan, ichki kasalliklar, yuqumli kasalliklar, asab kasalliklari va hokazo). Ularning hammasi to‘g‘risida hikoya qilmoqchi bo’lsak, hatto qo’lingizdagi mana shu qalin kitobga ham sig’maydi.

Sizning nega xasta bolganligingizni aniqlash va kerakli dorini yozib berish uchun ham vrachlikka bir necha yil o‘qishadi.

Kasalliklarni jahon sogliqni saqlash tashkiloti ma’lum tasnifda ifodalab bergan. Ularga tashhis qo‘yishda hamma vrachlar shu tasnifdan foydalanishadi.

Bemorlar qanday kasallik bilan og‘riganligiga qarab dori-darmonlar, biologik mahsulotlar (qon, zardob va hokazo), fizik omillar (maxsus chastotali elektr toki, lazer nuri, ultratovush, quyosh, havo vannalari va mineral suvlar), gipnoz, ishontirish, uyqu va boshqalar, parhez taomlar hamda jarrohlik usuli bilan davolaniladi.

Dorilar esa kasallikdan ham ko‘p. Bitta kasallikka bir emas, balki bir necha xil dori kerak. Eng qadimgi dori qaysiligini bilasizmi? Kanakunjut moyi! Uni ko‘xna Misrda bundan uch yarim ming yil oldin ko‘p ovqat yeb qo’ygan bolalarga ichirishgan.

Qadimgi misrliklar, ossuriylar ham ko’pgina shifobaxsh dorilarni bilishgan. Arxeologlar bundan taxminan uch ming yil ilgari ossuriy tabib tomonidan retsept qilib yozilgan o‘ttizta sopol jadvallarni topishgan.

Yana talay dorilar borki, ularni topishga hayvonlar yordam bergan. Janubiy Amerika xalqlarining afsonalaridan birida hikoya qilinishicha, tog‘ echkilari qandaydir daraxtning bargini yegandan keyin baland sakrashar va gijinglab o’ynashar ekan.

Odamlar o’sha daraxt mevasini qaynatib ichishganda, chindan ham charchoqni tarqatishiga ishonch hosil qilishdi. Mevasida kofein moddasi bolgan kofe daraxti shu tariqa kashf qilingan edi.

Boshqa talay dorilarni ham bizga tabiat tayyorlab beradi. Dorivor moychechak yo‘talni tuzatadi. Valeriana o‘simligi ildizidan asabni tinchlantiruvchi dori tayyorlanadi. Marvaridgul o‘simligi gulidan tayyorlangan damlama yurak faoliyatini yaxshilaydi.

Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda va arxeologlarimiz olib borgan qazishmalardan ma’lumki, hozirgi 0‘rta Osiyo hududida, jumladan Buxoroda eramiz boshlarida xuddi zamonaviy dorixonalarga o’xshash dori tayyorlaydigan maxsus xonalar bo’lgan. Buni buyuk hakim Ibn Sino asarlari ham tasdiqlaydi.

Keyingi paytda odam ko‘zga ko‘rinmas mikroblarni dori tayyorlashda qatnashishga majburetdi. Birinchi bo‘lib ingliz doktori Flemming shunday qildi. Siz balki, penitsillin haqida eshitgandirsiz.

U ilgari o‘lim bilan tugaydi deb, hisoblangan kasalliklarni bir necha kunda davolaydi. Masalan, penitsillinni bizga maxsus mikroblar tayyorlab beradi. Bu zamburuglaming koloniyalari ko‘rinishiga ko‘ra oddiy mog’or dog‘ini eslatadi. Biroq bu mog’or shifobaxshdir.

Endilikda kimyogarlar zavodlarda murakkab apparatlar yordamida turli-tuman sun’iy dorilar tayyorlashni o’rganib olishgan. Shunday bo‘lsa ham ko‘pgina dorilarni tayyorlash uchun avvalgidek shifobaxsh o‘t va giyohlar kerak. Yozda ularni maysazor va oYmonlardan teriladi. Bu ishda ham kattalarga bolalar yaqindan yordam beradilar.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика