KAPTAR

KAPTAR HAQIDA

KAPTAR

KAPTAR Qush suti bo‘iadimi? Bu savolga, albatta, yo‘q deb javob berasiz. Axir qush suti afsonaviy

ertaklarda aytiladigan anqoning urug’idek gapku, deyishingiz mumkin. Lekin xoh ishoning, xoh ishonmang, qush suti bor narsa.

Kaptarlarda tuxumidan jo‘ja ochib chiqqanidan keyin buqog’ida quyuq sut yoki suyuqroq suzmaga o’xshash modda yig iladi. Mana shu «sut» bilan kaptar jo’jalarini boqadi.

Biroq kaptar boshqa xizmatlari bilan mashhur; ularjuda uzoq, hatto 500 kilometrva undan ham olis manzilga adashmay yo‘l topib bora oladi.

Necha yuz yillar davomida xat tashuvchi kaptar odamlarga xizmat qilgan. Endilikda radio va telegraf, poyezd va samolyotlar har qanday manzilga xabar yetkaza oladigan bizning zamonda xat tashuvchi kaptarlar xizmatiga hojat qolmadi.

Biroq yaqin-yaqinlarda — ikkinchi jahon urushi yillarida — muhim xabarni yetkazish uchun kaptarlardan foydalanishgan.

Yaponiyada hatto tunda uchish qobiliyatiga ega bo’lgan yangi zotli kaptarlar yetishtirishdi: uning afzal tomoni shundaki, dushman uni ko’rmaydi va otib tushira olmaydi, kunduzi uchadigan yirtqich qushlar unga hujum qilolmaydi.

Xat tashuvchi, sersavlat va go’shtdor kaptarlarni inson sun’iy tanlab yaratgan. Bular uy parrandalari hisoblanadi.

Biroq yovvoyi kaptar ham ko‘p. 0‘rmonlarda, masalan, klin- tux, gov kaptar, musichalar yashaydi. Bular ham kaptarlardir.

Ularning rangi, katta-kichikligi turlicha bo’lsa ham, organizm tuzilishi va yashash tarzi bir xil bo’lishi bilan o‘xshashdir.

Ularning hammasi jo’jalarini «qush suti» bilan boqadi. Ularning hammasi ham don yeydi, yaxshi uchadi va yerda chaqqon yuradi.

KARBONAT ANGIDRID
Muzqaymoq sotuvchining idishida bir bo‘lak muz yotibdi. U atrofga betinim sovuq tarqatadi va o‘zi muzga o’xshab suv bo‘lib erimay, balki buglanib «iz qoldirmay» kichrayib boradi.

Bu ko‘pchilikka yaxshi tanish bo’lgan quruq muz.

Bir bo’lak quruq muzni bo’sh bankachaga solib, u bug’lanib ketganidan keyin bankachani go‘yo undan suv quyayotganday qilib yonib turgan sham ustiga engashtirsak, sham xuddi ustidan nimadir quyilgandek o’chib qoladi.

Demak, quruq muz «eriganida» bankachaning ichida qandaydir gaz hosil boladi. 0‘z-o‘zidan tushunarliki, bu gaz yonmaydi va havodan og‘ir, shuning uchun uni bankachadan suv quygandek «quyish» mumkin. Bu karbonat angidrid gazidir.

Yong‘in paytida o’chirgichdan sepiladigan ko’pik oqimi alangani o‘chirayotganida suv bilan birga karbonat angidrid gazi ham sepiladi.

U alangani tajribamizdagi shamni o’chirgani kabi o‘chiradi. Gazli suv ichganimizda xuddi ana shu karbonat angidrid gazi og’izni yoqimli jimirlatadi.

Karbonat angidrid gazi suvda eriganida karbonat kislota hosil qiladi. Karbonat kislota

ko‘pgina metallar bilan alohida moddalar — karbonatlar hosil qiladi. Bularning ichida ko’pchilikka ma’lum bo’lgan soda — natriy karbonat ham karbonatlar jumlasidan.

Karbonat kislotaning boshqa tuzi — kalsiy karbonat tabiatda uch xil turda juda ko‘p miqdorda uchraydi. Bu bo‘r, ohaktosh va marmardir.

Bu jinslar yer qobig’ida juda chuqur qalin qatlam bo‘lib joylashgan va yer qa’ri issiqligi bu karbonatlarni parchaiab, karbonat angidrid gazi hosil qiladi.

Karbonat angidrid gazi yer qobigidagi yoriqlar, vulkanlar og‘zi orqali atmosferaga chiqadi. Odamlar va hayvonlar nafas chiqarganda, yonish va chirish jarayonida karbonat angidrid gazi ajraladi.

Bu jarayonlar natijasida atmosferaga milliard tonnalab karbonat angidrid gazi chiqadi, lekin havoda bu gazning nisbatan ozgina qismigina saqlanib qoladi.

Biz uchun bu yaxshi, chunki karbonat angidrid gazi zaharli. Agar havoda uning miqdori bir oz (1,5-3 protsent) ko‘paysa ham kishilar zaharlanishi mumkin.

Bunda kishida bosh og’rig’i, bosh aylanishi va ko’ngil aynashi paydo bo‘lishi mumkin. 6 protsentdan oshib ketsa, kishi ish qobiliyatini yo’qotadi va hayoti xavf ostida qoladi.

Yashil o‘simliklar bizni bunday og‘ir qayg‘udan saqlaydi, chunki karbonat angidrid gazi o’simliklarning asosiy ozuqasidir. 0‘simlik barglari karbonat angidrid gazini yutadi va uglerod atomi hamda boshqa moddalardan o‘simlik uchun zarur bo‘lgan uglevodlar yaratadi. Bu o‘simliklarni esa odam va hayvonlar iste’mol qiladi.

Mana endi ma’lum bo’ldiki, karbonat angidrid gazisiz ham yashash mumkin ekan. Yerdagi hayotning normal kechishi uchun karbonat angidrid gazi albatta zarur.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика