BUXORO HAQIDA

BUXORO HAQIDA HAQIDA

BUXORO HAQIDA

BUXORO HAQIDA jahonning eng ko‘hna shaharlari dan. Bu shahar bundan yigirma besh asr mu qaddam Zarafshon vodiysining quyi qismida qad ko‘targan.

Dastavval u daryoning Zerirud nomli quyi tarmog’ining ikki sohilida birbiriga qaramaqarshi joylashgan uchta qo‘rg‘on shaklida paydo bo‘lgan.

Qo‘rg‘onlarning biri Foxira, ikkinchisi Navmichkat (ba’zan Bu miskat), uchinchisi esa Faroviz (yoki Farob diz) nomlari bilan yuritilgan.

Qo‘rg‘onlar teva rakatrofi qadimdan suvga to‘la ko‘l ko‘lmaklar va botqoqliklar hamda anvoyi chechaklar bilan qoplangan bepoyon dalayu dashtdan iborat nihoyatda xushmanzara bo’lgan.

Butun vodiy bo‘ylab atrofni qoplab yotgan asriy qalin daraxtzor, chakalakzor va to‘qaylarda sonsanoqsiz turlituman yovvoyi hayvonlar hamda ajoyibg‘aroyib qushlar uya qurgan. Shuning uchun bu o‘lkani va unda qad ko‘targan dastlabki shaharni aholi qadim da «Bug‘oro», ya’ni «Tangri bezagi», «Tangri jilosi» yoki «Tangri jamoli» ma’nolarini ang latuvchi yagona nom bilan yuritdi.

Bu qadimgi uch qo‘rg‘onning atrofi o‘sha zamonlardayoq alohidaalohida mudofaa de vorlari bilan o‘rab olingan edi.

Devorlar ba land va qalin bo‘lgan. Ular paxsa va yirik xom g’ishtlardan urib chiqilgan. Ularning u yerbu yerida baland tayanch minora (mo‘la)lar bino qilingan.

Qamal vaqtlarida dushmanga o‘q uzish maqsadida devor va minoralar bo‘ylab bir necha qator nishon tuynuk — shinaklar ish langan.

Shaharning bir necha darvozasi bo‘lib, har bir qismiga markaziy ko‘cha orqali alohida darvozalardan kirilgan.

Darvozaxo nalarda maxsus soqchilar — darvozabonlar nazoratchilik qilib turgan. Kech tushishi bilan darvozalar berkitilib, erta saharda ochilgan. Qamal vaqtlarida ular kechayu kunduz tam balanib turgan.

Shaharning maxsus devor bilan o’ralgan eng baland qismida bino qilingan istehkomli qo‘rg‘oni ark deb atalgan.

Unda podshoh va amirlar yashagan. Arkda podshohning ko’shki va saroylaridan tashqari devonxona (vazirlar mahkamasi), xazina, chaqatangalar chiqariladigan zarbxona, qamoqxona, navkar lar uchun bostirmalar bo’lgan. Shahaming qol gan asosiy ikki qismida shahar a’yonlari, hunarmandlar, savdogarlar yashagan, ulaming korxona va do’konlari, shuningdek, ibodatxo na va bozor joylashgan.

Qadimdan Buxoro Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan bo’lib, bu yo‘l orqali buxorolik sav dogarlar Xitoy, Hindiston, Eron va Vizantiya ga tuyalar karvonida turli xil savdo mollarini olib borganlar.

Aholi soni ko’paygan sari shahar ham ken gayib borgan. Shaharning kengaygan qismi xavfsizligini ta’minlash maqsadida 9asrda Buxorojqadimgi uchta qismini ham o‘z ichi ga olgan yagona tashqi devor halqasi bilan o’rab olingan.

Asrlar o’tishi bilan shahar may doni yanada kengaygan. Uning atrofida, sha har devori tashqarisida, yangi ko‘chako‘ylar, guzarlar va mahallalar qad ko‘targan. 15— 16asrlarda esa yana yangi joylarni o‘rab o‘tgan navbatdagi tashqi devor halqalari bino qilingan.

Bu davrda shaharga 11 darvozadan kirilgan. Shaharda 12 mahalla, 200 dan ortiq guzar va masjid bolgan. Har bir mahallaning katxudosi, guzar oqsoqoli, imomi va poykori

— ellikboshisi bo’lgan. Har bir mahallaning mozori bo’lgani kabi, har bir guzarning alohi da masjidi bo’lgan. Shahar 100 dan ortiq ho vuzlar orqali ichimlik suv bilan ta’minlangan. Hovuzlar shahar Shahrud kanali va shoxob chalari hamda ko‘plab yer osti suv inshootlari

— tazar va g‘ulbalar orqali oyda bir yoki ikki marta suvga toldirib turilgan. Maxsus suvchi

— meshkoblar xonadonlar, ayniqsa, arkdagi a’yonlarning ehtiyoji uchun charm meshlarda suv tashiganlar. Shaharda yigirmaga yaqin hammom va bir qancha usti gumbazli rasta, toqu timlar qishinyozin ishlab turgan.
0‘rta asrlarda Buxoro Movarounnahr va Turkistondagina emas, balki butun 0‘rta va Yaqin Sharqda ilmfan, ma’rifat va madaniyat markazlaridan biriga aylangan.

Bu shaharda o‘z davrining buyuk mutafakkir olim va adiblari Imom Buxoriy, Abu Ali ibn Sino, Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy, Abu Ab dulloh Ja’far Rudakiy, Abu Mansur Muham mad ibn Ahmad Daqiqiy, Bahouddin Naqsh band va boshqalar yashab ijod etganlar.

Buxorolik mutafakkirlarning islom ta’limoti va targ’ibotiga qo‘shgan ulkan hissasi tufayli o‘rta asrlardayoq Buxoro «Qubbatul Islom — Islom gumbazi» va «Buxoroiy Sharif» nisbat lari bilan musulmon olamida shuhrat topdi. Chunki turli davrlarda bino qilingan ikki yuz ga yaqin madrasalarda minglab talabalar ilm olgan. 1447yilda Mirzo Ulug‘bek tomonidan Buxoroda qurdirilgan madrasa darvozasiga hatto arabcha «llm olmoq har bir musulmon erkak va ayolning burchidir» degan so‘zlar o’yib bitilgan.

Asrlar davomida Buxoroning dong’i butun Sharq bo’ylab faqat ilmu ma’rifat, madaniyat hamda savdosotiq sohasidagina emas, bal ki Turkistonning yirik ma’muriy markazi sifati da ham taralib kelgan. Tarixda bu shahar quyi

Zarafshon o’lkasining qadimgi hokimlari — Buxorxudotlar (1—8asrlar), Somoniylar (9— 10asrlar), Shayboniylar — Buxoro xonligi (16asr), Ashtarxoniylar (17—18asrlar), Mang’itlar (18asr oxiri — 20asr boshi) to monidan idora etilgan Buxoro amirligi ham Minorai kalonda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (1920— 1924yillar)ning poytaxti bolgan.

Hatto qadimgi Buxoro tojdorlari miloddan avvalgi ikkinchi asrdanoq betiga toj kiygan hukmdor, tersiga otashkada (olovxona) tasviri tushirilgan kumush tangalar zarb etganlar. Ilk o’rta asrlarda buxorxudotlar (mahalliy hukm dorlar) mamlakatni idora etganlar.

Buxorxu dotlar bu davrda betida ikki o‘rkachli tuya va tersida otashkada tasvirlangan hamda gar dishiga «Buxor malik» degan so’zlar bitilgan mis tangalar zarb etganlar.

0‘z tarixi jarayonida Buxoro bir necha mar ta tashqi dushmanlartomonidan vayron etil di. Fotihu istilochilar asoratiga tushib, qonli janglar maydoniga aylandi. Lekin yana qay taqayta tiklandi.

Buxoro bizning zamonimizda, ayniqsa, navqironlashdi. Avvalo shaharning suv ta’minoti tubdan yaxshilandi. U to‘la elektr lashtirildi va gazlashtirildi. Eski shaharning yonginasida ko‘p qavatli ulkan mikrorayon qad ko’tardi.

Yirik sanoat korxonalaridan Qorako‘1 teri zavodi, Zardo’zlik fabrikasi, neftni qayta ishlash zavodi, ip gazlama kom binati va boshqa ko‘pgina korxona hamda qo’shma korxonalar turlituman mahsulotlar ishlab chiqarmoqda.

Buxoro, xususan, mus taqillik yillarida yanada obodlashdi va ko‘rkamlashdi. Viloyat hokimiyatining bino si, Xotira maydoni kompleksi, Madaniyat saroyi, Buxoro va Varaxsha mehmon xonalari, Fayzulla Xo‘jayev nomidagi Buxoro universiteti va kimyotexnologiya instituti binolari majmuasi kabi ko’plab zamonaviy me’moriy imoratlar hozirgi vaqtda shahar qi yofasiga husn berib turibdi.

Shahardagi uch oliy o‘quv yurti va o‘nlab litsey, kollej hamda ixtisoslashgan maxsus o‘quv yurtlarida minglab yosh avlod vakillari ilm va hunar egallamoqda. Buxoroda markaziy kutubxo na, Bolalar kutubxonasi, tarix va olkashunoslik muzeylari, drama teatri, ko‘plab kinoteatrlar, sport maydonlari va oromgohlar bor.

Buxoro tarixiy obidalarga juda boy. Mus taqillik yillarida qadimgi me’moriy yodgor liklarning barchasi ta’mirlanib, o’zining asliy qiyofasiga ega bo‘ldi. Hozirgi davrda Buxoro mamlakatimizda tobora kengayib borayot gan turizmning jozibador maskanlaridan biriga aylandi.

Buxoroga yo‘l olgan sayo hatchilar shaharning dovrug’ini jahonga tarat gan noyob me’moriy obidalardan Ismoil Somoniy maqbarasi (9—10asrlar), Minorai Kalon (12asr), Masjidi Mag‘oki Attori (12 asr) (Chashmai Ayub (12—14asr), Toqi zargaron, Toqi telpakfurushon, Toqi sarrofon ansambllari (16asr), Ark (mil. av. 4—3asr lar — 20asr boshi) Ulug‘bek madrasasi (1417), Kalon Jome masjidi (16asr), ay niqsa Labi hovuz maydonidagi me’moriy obidalar majmuyi (16—17asrlar) kabilarni zavqshavq bilan tomosha qiladilar.

Shuning uchun ham bu obidalar hozirgi kunda minglab sayyohlarning diqqate’tiborini o’ziga jalb etmoqda. 1997yilda YUNESKO ning qaroriga asosan dunyoning eng ko‘hna shaharlaridan biri bo’lgan Buxoroning 2500 yillik yubileyi jahon jamoatchiligi vakillari ish tirokida keng nishonlandi.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика