BORI HAQIDA

BORILAR HAQIDA HAQIDA

BO`RI HAQIDA

BO`RI HAQIDA Bo‘ri zararlimi yoki foydalimi? Aslida bun day savol berish noto‘g‘ri, chunki ko‘pgina hayvonlar bir vaqtning o’zida ham foydali, ham zararli bo’lishi mumkin.

Uy hayvonlariga hujum qiladigan bo‘ri odamlarga ziyon yetkazadi. Xuddi mana shu bo‘ri o‘rmonda yoki tundrada ko‘pincha nim jon, kasalmand bo‘lib qolgan hayvonlarga hu jum qiladi, chunki bunday hayvonlarni tutib olish osonda.

Kasal hayvonlarni qirishi nati jasida bo‘ri o’rmonga va unda yashaydigan jonivorlarga foyda keltiradi. Uni mana shu xiz matlari uchun o‘rmon sanitari deb atashadi.

Biroq, bo’rilar faqat kasalmand hayvonlar gagina hujum qilmaydi. Ehtiyotkor, epchil va ayyor bo’lmasdan podadan qolib ketadigan yoki hali kuchga to‘lmagan hayvonlar ham uning o‘ljasiga aylanadi. Ko’rinib turibdiki, bo‘rilar ov qiladigan o‘rmonda, asosan, epchil, chaqqon, kuchli va ayyor hayvonlar omon qoladi.

Bo‘rilar o’rmonda hayvonlarning haddan ziyod ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Agar o‘rmonda hayvonlar ko‘payib ketadigan bo’lsa, ularga oziq yetishmasligi tufayli, nim jon bo‘lib o’sadi, kasallanib halok bo‘la boshlaydi.

Bo’rilar ana shunday nimjon hayvonlarni yeb, boshqa jonivorlarni ochlikdan va kasal bo‘lib qirilib ketishdan saqlab qoladi. Mana shuning uchun ham bo‘rilarni yowoyi hayvonlarning qorovul — cho‘poni ham deb atashadi.

Nima qilish kerak — bo’rini qirib tashlash kerakmi yoki uni himoyaga olish zarurmi? Bu savolga bir xilda javob berib bo’lmaydi.

Bo’rilar ko’payib ketib, uy hayvonlariga ziyon yetkazadigan hududlarda ularni otib, soni kamaytiriladi. Bo‘rilar unchalik ko‘p bolmagan o’rmonlarda ularga boshqacharoq munosabatda bo‘lish lozim. Bo’ri nihoyatda ayyor va aqlli hayvon.

U o’zi ta’qib qilinayot ganligini darhol sezib, xatarli joyni uzoq vaqt tark etadi. Shuning uchun ba’zida bo‘rini yax shilab qo’rqitib qo‘yishning o‘zi yetarli bo’ladi.

Bo‘ri yashirinishga usta, juda ehtiyotkor hayvon. Ba’zan hatto eng tajribali ovchilar ham bolalarini katta qilayotgan urg’ochi bo‘ri uyasini topa olmaydilar. Xavfxatarni sezgan bo‘ri o‘z bolalarini boshqa joyga ko’chirib, yaxshilab yashirib qo’yadi.

Kuzga borib bo‘ri bolalari voyaga yetadi va otaonasi bilan bir galikda qishki safarga otlanadi. Ovchilar qordagi izlardan bo’ri to‘dasi qachon o‘tganligini darrov aniqlashadi, lekin bu tez kor va ehtiyotkor to‘dani qidirib topish oson bolmaydi.

Qishda bo‘rilar odamlardan chet roqda yuradi, qopqon qo’yilgan va xatarli joy lardan aylanib o‘tadi. Ko‘pincha ular to’satdan paydo bo’lib, odamlarni esankira tib qo’yadi va og’ildagi qo‘yni olib qochadi.
O rta Osiyoning choi, dasht va tog’oldi hududlarida choi bo’risi, Pomir togiarida ti bet bo’risi yashaydi. Ba’zan qora bo’ri ham uchrab turadi.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика