BOKS HAQIDA

BOKS HAQIDA HAQIDA

BOKS HAQIDA

BOKS HAQIDA Bokschining zarbasi qancha kuchga ega? Buni juda aniq bilish mumkin. Bokschi max sus asbobga o‘rnashtirilgan charm yos tiqchani zarb bilan uradi. Prujina siqiladi va strelka prujina qanday kuch bilan siqilganini ko’rsatadi.

Boks bilan shug‘ullanmaydigan kishining zarbasi 6080 kiiogramm keladi. Mashhur bokschilarning zarbasi esa 300 kilogrammga boradi.

Ularning zarbasi shuning uchun ham kuchliki, bokschilar faqat qo‘l bilangina emas, balki butun gavda bilan intilib zarba beradi lar.

Bunday qattiq zarba natijasida bokschi o‘z barmoqlarini shikastlantirishi va raqibini ham mayib qilishi mumkin. SKuning uchun oli shuv oldidan bokschilar qo‘l panjalarini biri bilan mahkam bog’laydilar va ichiga jun to‘lg‘izilgan qo‘lqop kiyadilar.

Musobaqalarda bir xil vazndagi bokschi lar uchrashadilar. Bokschilar, shuningdek, malakasiga qarab, o‘spirinlar va yigitlar esa yana yoshiga qarab guruhlar (1314; 1516; 1718 va 18 yoshdan yuqori yoshlilar)ga bolinadi. Kattalar va yigitlarning yosh guruh lari o‘z navbatida o‘smirlar 15, o’spirinlar (yoshlar) 13 va kattalar 12 vazn toifasiga bolinadi. Musobaqa vaqtida qorindan past ga, ensaga va orqaga, shuningdek, yiqilgan raqibni urish taqiqlanadi.

Boksda 2 minut dan 5 raund bellashadilar. Orada 1 minutdan tanaffus qilinadi. 1415 yoshdagi sportchilar 1,5 minutdan 2 raund boks tushadilar.

Kim raqibiga ko’proq aniq zarba bersa [buni maydoncha(ring)ning to‘rt tarafida o‘tirgan hakamlar ochkolarni hisoblab, so‘ng belgilay dilar] yoki kim raqibini nokaut qilsa (ya’ni, qattiq zarba natijasida raqibi yiqilib, jangni davom ettira olmasa), o‘sha bokschi g‘olib hisoblanadi.

0‘zbek boks maktabi dunyoda e’tirof etil moqda. Bokschilarimiz AQSH, Kuba, Polsha, Ruminiya, Vengriya, Buyuk Britaniya charm qo’lqop ustalari qatori xalqaro muso baqa va qit’a turnirlarida faxrli o’rinlarni egal lamoqdalar.

Rufat Risqiyev, Artur Grigoryan, Muhammadqodir Abdullayev, 0‘tkirbek Hay darov, Ruslan Chagayev, To’lqinboy Turg’unov, Dilshod Yorbekov, Lazizbek Zokirov va boshqalarning nomi jahonga tanilgan.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика