BAYKAL HAQIDA

BAYKAL HAQIDA

BAYKAL HAQIDA

BAYKAL HAQIDA BAYKAL KO’LI NIMASI BILAN MAShHUR?

Baykal deyarli Osiyoning markazida, Moskva va Voronej, London va Edinburg kengliklari urtaligida joylashgan. Agar Er yuzida ilk yaratilgan kuyi saqlanib qolgats joylar bo’lsa, bu, avvalo, Baykal ko’lidir.

Baykal Er sharidagi ko’llar ichida marvarid donasiday ajralib turadi. U geologik jihatdan ko’hnaligi, ajoyib hayvonot va o’simliklar dunyosi, ulkan o’lchamlari, o’ta tiniq suvi va go’zal itslimi bilan mashhurdir. Dunyodagi uch milliondan oshiq ko’llar ichida eng kattalaridan biri Baykaldir. Uning uzunligi 636 km.

Uning hududida Gollandiya, Belgiya yoki Shveytsariya bemalol joylashishi mumkin. Baykal — dunyodagi eng chuqur ko’l. Uning eng teran joyi 1 637 metrdir. Baykal havzasida Er sharidagi jami chuchuk suvlarning beshdan bir qismi joylashan. Baykalga Baltika dengizining suvi va Azov dengizidan yuztasi sigadi.

Baykal — dunyodagi eng ko’hna ko’ l l ar dan biri. Uning havzasi shakllanishi 30 mln yildan beri davom etmotsda. Nega davom etmoqda? Chunki ko’l mintatsasida joylashgan seysmik stantsiyalar har yili ikki mingga yatsin zilzilani tsayd etishadi. Ulardan ayrimlari o’ta kuchli bo’ladi. Masalan, 1959 yili er qimirlashi natijasida Baykalning tubi 15 metr pasaydi. 1862 yili Selenga daryosi deltasidagi 200 kv.km, sohilbo’yi erlari suv ostiga cho’kib ketdi.

Ko’lda o’simliklarning 850, hayvonlarning esa 1400 turi mavjud. U erdagi o’simliklarning 133, hayvonlarning esa 848 turi dunyoning boiha joylarida uchramaydi.

Ba’zi tirik orga-nizm lar dunyoning boiha hech bir ko’lida yo’q. Baykal ko’hna mavjudotlarning tabiat muzeyi deb atalishi ham bejiz emas.

Bu erga tub hayvonlar — endemikalar kelganiga besh million yildan oshgan. U erdagi omul va nerpani hamma eshitgan bo’lsa kerak, ammo tirik tugadigan golomyanka balig’ini hamma ham bilavermaydi.

U ning yogi tarkibida foydali darmondorilar bor va bu darmondorilar azaldan tibbiyotda ishlatilib keladi. Ko’lda yashovchi jonivorlardan biri epishura qisqichbaqasidir. Har bir kvadrat metr suv ostida, taxminan, 30 milli- ondan oshh bunday qisqichbaqa bor.

Epishuralar Baykal suvining tozaligi uchun «mas’ul»- dir. Suvning shaffofligi 40 metrni tashkil etishi ham uning «mehnatlari» samarasidir. Masalan, suvning shaffofligini o’lchaydigan Sekki gardishi Kaspiy dengizida 25 metr, Sevan ko’lida esa 20 metr chuqurlikda ko’rinadi. Shaffoflikda Baykalga mashhur Alp ko’llari ham teng kela olmaydi.

Baykal ustida ko’pincha havo ochiq bo’ladi. Uning ustidagi quyoshli kunlar Qora dengiz kurortlaridagiga, hatto Nitstsadagiga nisbatan ham ko’proqdir. Baykaldagi ochiq kunlar 2 583 soatga etadi. Endi ko’l ustidagi musaffo rsmon- ni bir tasavvur qilib ko’ring. Baykal o’z sohillaridagi iqlimni yumshatadi. Nisbatan uzoqroq mintaqalardagiga qaraganda, qishda bu erning ob-havosi 5—7 daraja iliq, yozda esa salqin bo’ladi. ‘

Baykal suvining ta’mi juda mazali. Buning sababi suv tozaligi bilan bir qatorda tarkibida minerallar ham kam. Ko’lning toza va chuchuk suvi haqiqiy tabiat xazinasidir. Ammo xazi- nalar tadtsitsotchilar bilan bir tsatorda har xil avantyurist va engil boylik orttirish ishtiyotsqmandlarini ham o’ziga jalb etadi.

60—70-yillarda Baykal omul (lososlar turkumiga man- sub balits) tutuvchi brakonerlar — o’g’rincha ovchilarning makoniga aylanib tsoldi. Asrning boshlarida esa mashhur Baykal suvsari tsirilib ketayozgan edi. Uning sohiliga tsellyuloza kom- binati tsurilganini vahshiylikdan boiha nar- sa deb bo’lmaydi. Albatta, Baykal kuchli va qudratli ko’l, ammo shu bilan birgalikda himoyasiz hamdir.

Inson Baykal boyliklarini endigina o’rgana va o’zlashtira boshlagan kezlar uning suvini bulgash tsat’iy tatsitslangan edi. Atrofdagi o’simliklarni payhon tsilmaslik uchun fatsat so’tsmotslardan yurishga ruxsat etil ar edi. Bal¬ki ushbu tartiblarni tsaytadan joriy etish kerakdir?

Baykal o’z bagriga Rossiyadagi chuchuk suvlar- ning 80% ini, sayyoradagi chuchuk suvlarning esa beshdan bir tsismini sigdiradi.

Related posts

Leave a Comment