AYSBERGLAR HAQIDA

AYSBERGLAR HAQIDA

AYSBERGLAR HAQIDA

AYSBERGLAR HAQIDA

AYSBERGLAR HAQIDA AYSBERGLAR QAYDAN PAYDO BO’LADI?

Aysberglar o’rganish va kuzatish uchun qiziqarli ob’ekt l ardir. Ammo ular okean dagi kemalarga jiddiy xavf tug’diradi. 1912 yil 14 apreliga o’tar kechasi eng dahshatli dengiz falokatlaridan biri ro’y bergan edi. O’shanda «Titanik» kemasi aysberg bilan to’qnashib ketishi oqibatida 1513 kishining yostig’i quridi.

Aysberg muzlikning sinib tushgan bo’lagidir. Bunday hodisa muzlik vodiy bo’ylab pastga siljib, dengiz sohiliga etganida sodir bo’ladi. Bu hol muz daryosini eslatadi. Dengiz bo’yida muzlikning bir bo’lagi sinib tushadi va suzuvchi aysberg hosil bo’ladi.

Ayrim aysberglar tor va sohili tik ko’rfazlar — fiordlarda hosil bo’ladi va okeanga suzib chiqadi. Ayrim aysberglarning chetlari sinib tushadi yoki ularni suv silliqlaydi. Ularning asosiy qismi suv ostida bo’ladi, suv ostida singan ayrim bulaklar yuzaga suzib chiqadi.

Aysberglarning o’lchamlari har xil. Diametri 5—10 metr bo’lgan aysberglarni dengizchilar «groulerlar» deb atashadi. Diametri 100 metrdan oshiq aysberg l ar ko’proq uchraydi. Ayrim muz tog’larining o’lchami ko’ndalangiga 1000 metrdan oshiq bo’ladi.

Aysbergning zichligi suv zichligiga nisbatan 10% kam yoki suv zichligining 90% ini tashkil etadi. Shuning uchun ham uning 1G’9 qismi suv yuzasida, 8G’9 qismi esa suv ostida bo’ladi. Suv yuzasida 45 metr balandlikdagi aysbergning suv ostidagi qismi 200 metrga boradi. Bunday aysbergning tarkibida qancha muz borligini tasavvur qilish qiyin. Ayrimlarining ogirligi 180 000 000 tonnaga etadi.

Muzning asosiy qismi suv ostida bo’lgani uchun ham uning harakatiga shamol emas, suv osti oqimlari ta’sir ko’rsatadi. Issiq kengliklar- ga etib kelgan aysberglar astasekin eriy boshlaydi, Faqat ayrim aysberglargina Kanadaning Nyufaundlend sharqidagi Golfstrimgacha etib keladi. Ular kemalar uchun o’ta xavflidir. Shuning uchun ham Amerika Qo’shma Shtatlarining qirg’oqbo’yi quriqchilik xizmati bu erlarni doimo kuzatib turadi va kemalarni muz toglari paydo bo’lishidan ogohlantirib boradi.

Добавить комментарий