AVESTO HAQIDA

AVESTO HAQIDA HAQIDA

AVESTO HAQIDA

AVESTO HAQIDA Eng qadimiy kitob qayerda paydo bo’lgan? Bu savolga yaqinyaqinlargacha aniq javob berib bo‘lmasdi. Tarixchi olimlar haqiqatni izlab topmoqdalar.

Ularning tad qiqoti natijasida, eng mo’tabar, qadimgi qo’lyozma Avesto ekanligi ma’lum boTdi. Bu nodir kitob uzoq zamonlarda bizning ona zaminimizda, aniqrog’i Xorazmda vujudga kelgan.

U ayni vaqtda 0‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Eron va Ozarbayjon xalqlarining birinchi yozma yodgorligidir. Avestoda ana shu xalqlarning qadimgi davrdagi iqtisodiyij timoiy hayoti, diniy tasavvurlari, urfodatlari, tabiat va jamiyat haqidagi bilim va qarashlari bayon etilgan. Avesto maxsus yozuvda yozil gan.

Bu yozuv sanskrit deb atalgan yozuvga yaqin. Kitob o‘sha zamonlardayoq boshqa tillarga tarjima qilingan. Avestoning asl nusxa si muqaddas yozuv sifatida zardushtiy ru honiylari qo‘lida saqlangan.

Kitobda keltirii gan ma’lumotlarning eng qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2mingyillik oxiri, 1mingyil lik boshiga oid. Avesto tarkibiga turli diniy urf odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonunqoi dalar va boshqalar qo‘shilib borgan. Avestodagi ko‘p ma’lumotlar asosan og’zaki tarzda avloddanavlodga o’tib kelgan.

Dast labki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisi ga yozilgan deb rivoyat qilinadi. U axamoniy lar sulolasining poytaxti Sheroz yaqinidagi Taxti Jamshidda saqlangan. Makedoniyalik Iskandar Eronni zabt etganda bu nusxa kuy dirib yuborilgan.

Hozir fanda ma’lum bo‘lgan Avesto milodiy 6asrda Sosoniylar shohi Hus rav I Anushirvon davri(531579)da yozib ol ingan. 7asrda arablar Sosoniylarni maglubiyatga uchratgach, zardushtiy ruhoniy larning bir qismi Hindistonga o’tib ketgan. Ul arning avlodlari hozirgi Avestoning asl nusx asini saqlab kelmoqda. Bizgacha yetib kel gan Avesto 27 jilddan iborat boTib, ular asarn ing yettidan bir qismi xolos.

Avesto yana shu jihati bilan qimmatliki, unda ilk falsafiy talimotlar bilan tanishasiz. Bu talimotga ko’ra, olam ikki qaramaqarshi kuch, ya’ni yoruglik bilan zulmatning, yaxshi lik bilan yomonlikning to‘xtovsiz kurashidan iborat.

Yaxshilik va ezgulik xudosi Ahura mazdo yer, o’simlik va boshqa hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik va yovuzlik tim soli Anxramaynu Ahuramazd®ga qarshi to’xtovsiz kurashadi, ammo uni yengishga ojiZlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi.

Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yo monlikni ifodalovchi kuchlar yer ostida joylash gan, yer sahni esa kurash maydonidir. Hayot dagi turli o‘zgarishlar qaysi kuchning g’alaba qilishiga bog‘liq. Inson ham tana va ruhning, axloq esa yaxshi va yomon xulqning o’zaro kurashidan iborat.

Avesto ta’limotiga ko‘ra, birinchi inson Go vamard (ho‘kizodam; forscha Gayumars). Undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda o’lim bo’lmagan, Axuramazdo doimiy bahoryaratgan. Kishilar bekamu ko‘st, bax tiyor yashagan.

900 yil o‘tgach shoh Yima g‘ururga berilib, man etilgan sigir go‘shtini yeydi va yovuzlik ramzi Anxramaynu hukmida gi kuchlar bosh ko’taradi.

Olamni muzlik qoplaydi. Yima Axuramazdo amri bilan odam lar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qoiish uchun qo‘rg‘on qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin davri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshi lik va yomonlik) o’rtasidagi kurash davri bo’lgan ikkinchi davr boshlangan.

Uchinchi davrda Axuramazdo g‘alaba qilib, ezguiik sal tanati barqaror bo’ladi, adolatli jamiyat yuza ga keladi. Ungacha kishilar tinch mehnat, oilaviy turmush bilan mashg’ul bo’lishlari ker ak. Avesto va zardushtiylik dini ta’limoti key ingi barcha dinlarga ta’sir ko‘rsatdi.

Avesto bizning qadim tarixga ega o’lkamizda buyuk davlat, buyuk ma’naviyat bo‘lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjat dir. 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka masi UNESKO bosh konferensiyasining 1999yil noyabr oyida bo’lib o‘tgan sessiyasi qaroridan kelib chiqib, 0‘zbekistonda 2001 yilning oktabr oyida Avesto yaratilganligining 2700 yilligini nishonlash haqida qaror qabul qildi.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика