ANANAS HAQIDA

ANANAS HAQIDA HAQIDA

ANANAS HAQIDA

ANANAS NIMA?
Ananasga qarab, u bitta meva bo’lsa kerak, deb o’ylashingiz mumkin. Aslida esa u bir-biriga tig’iz joylashgan mevalar guruhidir. Bu mevalarning har biri kichik olmani eslatadi.

Ananasning o’rtasida poya bor, har bir alohida meva shu poyaga mahkamlangan bo’ladi. Ananas butun holida qarag’ay g’uddasini eslatadi. (Shuning uchun ham u inglizcha pineapple — tsarapay olmasi deb ataladi. — Tarj.)

Ispanlar Janubiy Amerikaga sayohati chog’ida ananasni ko’rishgan va uni Evropaga olib qaytishgan. Evropaliklar ko’p yillar davomida ananasni xususiy gulxonalarda o’stirishgan va mevasini shohona taom deb bilishgan.

Kemachilik rivojlanishi bilan ananasni tropik mamlakatlardan tashib keltirish imkoni tug’ildi va u gulxona¬larda deyarli etishtirilmaydigan bo’ldi.

Ayni paytda ananas Vest-Indiya, Florida, Shimoliy Afrika, Havayi, Azor orollari va Avstraliya kabi ko’pgina joylarda o’sadi.

Ananas daraxtining bo’yi bir metrgacha etadi va yil bo’yi hosil beradi. O’simlik voyaga etgach, uning quyi qismidan yangi hosil berish uchun novdalar o’sib chiqadi. Bitta o’simlik ko’p yillar yashashi va hosil berishi mumkin. Ananas yaproqlari tarkibida tola bor, undan gazmol tayyorlanadi.

Ananas kamdankam hollarda urug’idan ko’karib chiqadi, o dat da u quruq erga o’tqaziladigan novdasidan ko’payadi. Unga qumloq er mos keladi. Ba’zida sovuq va jaziramadan himoya qilish maqsadida daraxt ustiga soyabon quriladi.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика