AJDARLAR HAQIDA

AJDARLAR HAQIDA

AJDARLAR HAQIDA

AJDARLAR HAQIDA AJDARHOLAR HAQIQATAN HAM YaShAGANMI?

Qo’rqinchli ajdarholar sayyoramizning turli burchaklarida istiqomat qiladigan ko’p xalqlarning ertak va afsonalarida uchraydi.

Ular ulkan, ilonsimon, odamlarga sirtdan dahshat solib turuvchi maxluq tarzida tasvirlanadi. Ajdarholar kom va burun teshiklaridan tutun aralash olov purkab, qattiq na’ra tortganida hatto er ham titrab ketadi.

Bizga qadimgi yunon afsonalaridan to’qqizbosh Gidra ma’lumu mashhurdir. U Geraklning qo’lida halok bo’lgunga qadar juda ko’p qizlarning boshiga etgan.

Yunonlar tasvirlagan yana bir ajdarho Ximeradir: komidan olov purkaladigan bu maxluqni Bellerofon ismli yosh jangchi o’zining Pegas degan qanotli arg’umog’i yordamida mahv etgan.

Rus xalq ertaklarida ajdarho tsqyofasida bizga besh qo’lday ayon bo’lgan Ajdarho Gorinich gavdalanadi.

Ertaklarda ko’plab ajdarholar behisob boyliklarni qo’riqlagani haqida ma’lumotlar keltiriladi. Masalan, oltin junli qo’y terisini ko’zi yuzta bo’lgan maxluq qo’riqlagan.

Garchi ertak va afsonalarda ajdarholar adadsiz yovuzlik timsoli sifatida keltirilsa, ba’zi o’rinlarda ular odamni himoya qiladigan kuchku drat sohibiga aylanadilar.

Qadim o’tgan zamonlarda jangchilar dushmanlari yuragiga qo’rquv urug’ini solish maqsadida o’z qalqonlariga ajdarholar suratini tushirishgan.

Shuni aytish lozimki, odamlar ba’zi paytlarda ajdarholar chindan ham borligiga ishonishgan. Kolumbga qadar dengiz sayyohlari go’yo dengizlar qa’rida yashovchi, kemalarni yamlamay yutib yuboruvchi ulkan maxluqlardan cho’chib, notanish dengizlardan suzishga ahyon-ahyon jur’at etganlar.

O’z-o’zidan ayonki, ular yanglishganlar, chunki ajdarholar faqat ertak va afsonalarda yashaydi. Unda odamlar nima uchun ularning mavjudligiga ishonishgan?

To’g’riroq javoblardan biri shuki, tarixdan avvalgi davrlarda Erda bahaybat maxluqlar yashagan. Ulardan eng qo’rqinchlisi sanalgan dinozavrlar odam paydo bo’lgunga qadar er yuzidan qirilib ketgan.

Biroq g’or odamlari davrida Erda har xil bahaybat reptiliyalar uchrab turgani ehtimoldan yiroq emas va aynan ular ertaklardagi ajdarholarning timsollari bo’lgan.

Related posts

Leave a Comment