АХАД КАЮМ ШЕЪРЛАРИ

АХАД КАЮМ ШЕЪРЛАРИ

KECHAGINA EDI…

Kechagina edi, qarshimga kelib,
Meni kechir, deya cho`kkan eding tiz.
Kechagina edi, yonimda turib,
Osmondan men uchun terarding yuduz.

Kechagina edi, xa kechagina,
Xammadan bahtiyor edik ikkimiz.
Bugun esa nechun bo`ldik begona,
Orzular sarobga aylandi esiz…

Firoqing o`tida ko`ksimni o`yib,
Yuragim ostida tinmas faryodim.
Isyonkor alamning jabrini tuyib,
Nolakor va siniq yangrar bayotim.

Ikkimiz jimgina ketdik ikki yon,
O`z-o`zidan savol tushar o`rtaga.
Bizdan najot izlab qalbimiz giryon,
Bizni qarg`amasmi taqdir ertaga.

Bilmadim, ertaga nima o`zgarar,
Bilganim, yuragim mendan tonmoqda.
Yo`limga termulib umid jovdirar,
Yillarim yonmoqda, yonmoqda…

Men ko`zlagan manzil bir chetda qolib,
Sening azoblaring jonimda edi.
Xayotim ma`nosin ketganding olib,
Kechagina edi…

Kechagina edi, qarshimga kelib,
Meni kechir, deya cho`kkan eding tiz.
Kechagina edi, yonimda turib,
Osmondan men uchun terarding yuduz.

( Ahad Qayum )

 

Related posts

Leave a Comment