АХАД КАЮМ ШЕЪРЛАРИ

АХАД КАЮМ ШЕЪРЛАРИ

SEVMAYMAN DEYMANU…

Sevmayman deymanu ko`rgim keladi,
Sevmayman deymanu rashkim keladi,
Yoniga xar kuni borgim keladi,
Uni sevib qolsam nima bo`ladi.

Qaytib sevmayman deb qasam ichgandim,
O`zi bittasidan zo`rg`a kechganman,
Sevgi savdolarin tashlab qochganman,
Uni sevib qolsam nima bo`ladi.

U xam qiz bolada o`zin ayaydi,
Bilaman, xar kuni yo`lim qaraydi,
Sezaman, chin dildan xolim so`raydi,
Uni sevib qolsam nima bo`ladi.

Qo`rqaman-yurakdan, muxabbatdanmas,
Qalbimda etarli tajriba-yu dars,
Bugun meni mendek xech kim tushunmas,
Yana sevib qolsam nima bo`ladi.

Men dunyodan sevib bezib qolgandim,
Ahir o`n to`rt yoshda sevib qolgandim,
Sakkiz yilda zo`rg`a unutolgandim,
Yana sevib qolsam nima bo`ladi.

She`r yozdim xar bandi ayriliq, xijron,
Bir toza maxabbat Ahadga armon,
Yulduzlar sochyapti boshimga osmon,
Yana sevib qolsam nima bo`ladi.

Sevmayman deymanu ko`rgim keladi,
Sevmayman deymanu rashkim keladi,
Yoniga xar kuni borgim keladi,
Uni sevib qolsam nima bo`ladi.

( Ahad Qayum )

 

Related posts

Leave a Comment