АХАД КАЮМ ШЕЪРЛАРИ

АХАД КАЮМ ШЕЪРЛАРИ

PARIZOD!

Nozli-nozli qarashlar,
Extirosli qarashlar,
Faqat senga yarashar,
Parizod!

Gulxusningni shirasi,
Qomatingni jilvasi,
Dil dengiz ishq kemasi,
Parizod!

Sen uchun nima qilay,
Istaging ne ayt bilay,
Oyog`ingga yiqilay,
Parizod!

Nozlaringni qo`ymaysan,
Sinayverib to`ymaysan,
Nega meni suymaysan,
Parizod!

Na yig`lab, na kulaman,
Nima bo`lsam bo`laman,
Yo`q desang ne qilaman,
Parizod!

Oshiq Ahad devona,
Tanlagani bir dona,
Durlar ichra durdona,
Parizod!

Nozli-nozli qarashlar,
Extirosli qarashlar,
Faqat senga yarashar,
Parizod!

( Ahad Qayum )

Desgin by:
[IMG]
sa.png
..:: UzLider.NeT ::..

Related posts

Leave a Comment