AFRIKA HAQIDA

AFRIKA HAQIDA HAQIDA

AFRIKA HAQIDA

AFRIKA
Hammayoq cho‘lu biyobon. Goho sarg‘ish va upaday yengil qumlardan, goho nuragan kulrang toshloqdan o‘tasiz. G‘uborli osmon, jazirama issiq. Na suv, na ko‘kat bor. Bu—Afrikaning cho‘l qismi, u qit’a hududining 4/5 qismini egallagan…

Qalin tropik o’rmon, uning orasida faqat bolta bilan yo’l ochib yurish mumkin. Daraxt lar, butalar, chirmoviqlar; qalin va sernam yap / roqlar; nihoyatda rangbarang va xushbo‘y gullar; qushlari gulga, kapalaklari qushga o’xshaydi. Yoruglik kam tushganidan bu yer da hamisha g‘irashira va namgarchilik.

Chirildoqlar galasi bor ovozda chirillaydi, yirt qich hayvonlarning na’rasi va maymunlarning chiyillashi eshitilib turadi. Bu yerda ko‘katlar yil bo’yi barq urib o‘sadi. Bu ham Afrika.

Dasht desangiz dasht emas. O’t bosgan tekislikda qizg‘ish va qo‘ng‘ir qoyatoshlar, ular
betini yumshoq chim qoplagan. Uzoqda jin galak chakalakzorlar ko‘rinadi, yaqinroq kelib qarasangiz — chakalakzorlar emas, balki past bo’yli ulkan baobab daraxti ekan.

Bu — Afrika savannasining manzarasi. Afrikada savanna bilan cho’llar jami maydonning 80%ini egallagan.
Afrika — Yer yuzasidagi oltita materikdan biri. Kattaligi jihatidan Yevrosiyodan keyin ik kinchi o’rinda turadi. Maydoni orollari bilan birga 30,3 million kvadrat kilometr.

Afrikaning ko‘p qismi tropik kengliklarda joylashgan. Afrika shimoldan janubga tomon 8 ming kilometrga cho’zilgan. G‘arbiy sohili dan sharqiy sohiligacha bolgan masofa sal kamroq. Afrikani ikki okean — Atlantika va Hind okeanlari, ikki dengiz — 0‘rta va Qizil dengizlar o‘rab turadi.

Unda Nil, Niger, Kon go, Zambezi, Oranj, Limpopo kabi yirik dar yolar oqadi. Afrikada Chad, Viktoriya, Nyasa, Tanganika kabi katta ko‘llar ham bor. Afrikaning qirg‘oqlari ancha tekis.

Eng kat ta yarim oroli — Somali, eng yirik qo’ltig’i — Gvineya. Dengiz sathidan o’rtacha balandli gi 750 metr. Eng baland joyi — Kilimanjaro vulkani (5895 metr), u Afrikaning eng baland joyi hisoblanadi.

Afrikada ekvatorial iqlimli zonasidan shimol va janub ga tomon subekvatorial, tropik va subekvatorial iqlim zonalari joylashgan. Yozda o‘rtacha temperatura 30° gacha, yilning salqin mav sumida esa 25° issiq bo‘ladi, faqat toglardagina temperatura 0° gacha tu shadi.

Afrika yeri konlarga boy.
Sahroi Kabirning g’arbiy va shimoliy qismida fosforitlar, neft, tabiiy gaz zaxiralari to pilgan. Afrika markazidagi Kongo havzasida mashhur mis konlari va uran shaxta lari bor. Janubi kobalt, berill, litiy, oltin va olmosga boy.

Kokos va moyli palma mevalari, qimmat baho qizil va qora daraxtlar, po‘kak va kau chuk daraxtlari — bularning hammasi Afrika sahiy tabiatining insonga in’omidir. Afrikaning unumdor yerida kakao, kofe, banan, ananas, apelsin, mango yetishtiriladi.

Afrikada noyob yovvoyi hayvonlardan fil, karkidon, begemot, zebra, kiyik, arslon, gepard, leopard kabilarni saqlab qolish uchun qo’riqxonalar tashkil etilgan. Chaqadi gan setse pashshasi odamlarga va chor vachilikka ancha zarar keltiradi.

Afrika xalqlari mehnatsevar, yerlari unum dor va tabiati boy. Bu odamlarga baxt kelti rishi lozim edi, biroq aksi bo‘ldi. Bunga mus tamlakachilar sababchidir. 15asrda dengiz sayyohlarining izidan u yerga savdogar, tablig1 (missioner)lar va qalloblar galasi yopirildi.

Butun materikni tarixda misli ko’rilmagan ta lontaroj qilish boshlandi.
Afrikaga mustamlakachilar kelguncha u yerda yirik davlatlar bolgan, san’at va hunar mandchilik rivojlangan. Mustamlakachilar mag‘rur va iste’dodli xalqlarni bo’ysundirdilar. Kelgindilar afrikaliklarning kuchidan foy dalanib, o‘zlari uchun shaharlar va yollar,

Ahmad Farg‘oniy Qohiraga yaqin yer ga dafn etilgan. 1998yilda jahon ilmiy ja moatchiligi olimning 1200 yiliigini keng nishonladi. Uning asarlaridan namunalar o‘zi haqida ilmiy va ommabop asarlar chop etildi.
Respublikamizda ko’plab joylarva muas sasalar uning nomi bilan yuritiladi. Farg’onada allomaning mahobatli haykali qad ko’tarib turibdi.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика